Uzoq kutilgan sovg'a
Tarbiyachi yotoqhonaga kirib, bolalarni past ovozda uyg'ota boshladi. Ovozini pasaytirgani befoyda bo'ldi. Bolalar uyg'onar-uyg'onmas chug'urlashib ketishdi. Gap bugungi bayram, qorbobo va shunga o'hshash yana allanimalar xaqida edi. Yodgor ularga axamiyat bermasdan jimgina derazadan tashqariga qarab o'tirardi. Esini bilgandan buyon shu – xar yili yangi yil kirishidan bir kun oldin uhlamaydi. Hudodan ertaga Qorbobo dadasini olib kelishini so'raydi.
"Mexribonlik uyi”ga qachon kelib qolganini eslolmaydi. Onasi uni dunyoga keltirib olamdan o'tganligini sal katta bo'lgach bilgan. Tarbiyachi aytgan. Xali 11 yoshda ekanligiga qaramasdan og'ir-bosiq bo'lganligi uchun tarbiyachi unga ishonardi. Xar doim xam sir yashiravermasdi. Onasidan faqatgina tumor o'rnida qo'liga taqib yuradigan munchoq qolgan. Doim onasini qo'msasa, munchoq bilan gaplashadi. Otasi borligin qalbdan xis qilardi. Qachonlardir, albatta, izlab kelishiga qattiq ishonardi. Shuning uchun faqat Qorbobodan xar safar shuni so'rardi.
* * *
Ertalab soqolini olayotgan Sarvar o'ng yuzidagi no'hatdek holini tilib yubordi. "Yahshilikka bo'lsin”,- deb qo'ydi ichida. O'zi hotinidan ajrashgandan buyon kam soqol oladi. Tongda zavodga ketib, kechga qaytar, ko'cha-kuy, to'y-ma'rakalarga kamroq qatnashardi. Faqatgina bir odati bor, xar yili 31-dekabr' kuni barvaqt turib, o'ziga qaraydi. Bozorga boradi. Xar hil sovg'alar oladi. Kechqurun "Mexribonlik uylari”ga Qorbobo bo'lib boradi. Aslida, bolalar jon-u dili. Hotini bilan xam farzand bo'lavermagach ajrashgan. Uydagilari qancha qistasa xam boshqa uylanmadi. Keyin bildi, ajrashayotgan vaqtida hotini xomilador ekan. O'g'il ko'ribdi-yu, olamdan o'tibdi. Sarvar o'g'li xozir qaysidir "Mexribonlik uyi”daligini bilardi. Biroq, ismi xam, tashqi ko'rinishi xam unga begona. Qanchadan-qancha xujjatlarni titkilab chiqdi, shaxardagi xar bitta arhiv idorasiga bosh suqdi. Bo'lmadi. Endi esa umidi faqatgina taqdirdan. Bir tomoni o'z o'g'liga g'amho'rlik qilolmayotganligidan, yana bir tomoni ota-onasi vafot etgan yoki tashlab ketgan norasidalarga kimdir mexr ko'rsatishi kerakligidan, qolaversa, ko'ngilning bir chetidagi o'g'li bilan uchrashib qolish umidida xar Yangi yil bayramida u Qorbobo kiyimini kiyadi.
"Mexribonlik uyi”da bayram boshlandi. Deraza qor bilan qoplangan, oppoq tun ko'zni qamashtirgudek go'zallik kashf etgan. Xamma o'yin-kulgu bilan band. Yodgor esa jimgina tashqariga tikilgancha o'tiribdi.
Davraning o'rtasida yigit va qiz – ikki boshlovchi qiziqarli o'yinlarni o'tkazayapti. Qo'shiqlar aytilib, raqslar, saxna ko'rinishlar namoyish etildi. Biroq, barcha ich-ichidan Qorboboni kutyapti. Kimdir yangi yil xaqida yodlagan she'rini ichida takrorlaydi. Yana kimdir nima sovg'a olishi xaqida o'ylaydi...
Nixoyat, bolalar bor ovozda baqira boshlashdi: "Qorbobojon! Qorbobo!..”
"Men sizlarni oldingizga uzoq tog'-u toshlardan, o'rmonu daryolardan o'tib kelyapman!” Qorboboning ovozini eshitib Yodgor xam davraga qo'shildi. Xamma hursand. Bitta-bitta she'r aytish boshlandi. "Navbat Yodgorbekka!”-dedi boshlovchi. Yodgor negadir Yangi yil, Qorbobo xaqida emas, boshqacha she'r boshlab qoldi:
O'ksimagin o, yurak
Bo'lma homush, bo'lma lol:
Mening otam – oqterak,
Mening onam – majnuntol.
Osmonda oy yolg'izdir,
Yolg'izman men xam, ahir.
Mening opam – yalpizdir,
Singlim lola qonbag'ir.
To'shagim shu sho'r tuproq,
Ko'rpam ko'kda bulutdir.
Mening akam Ulug' tog',
Mening ukam burgutdir.
Tabassumim chaqmoqlar,
Yomg'irlar – ko'z yoshimdir.
Arslon meni ardoqlar,
Qoplon qarindoshimdir.
Yov xisobin qilmayman,
Mard bo'lsa jon fidodir.
Do'stlarim kim, bilmayman,
Mening yorim – Hudodir.
Yoshgina bolaning Muxammad Yusufning shunday she'rini aytayotgani Qorboboning xam diqqatini tortdi. Birdan e'tibori bolaning o'ng yuzidagi holiga tushdi. Ichidan zil ketdi. Xayollarida xar hil savollar aylana boshladi:
"Shu mening o'g'limmasmikin?.. Aytayotgan she'ri g'alati, yuzidagi holi xam huddi menikidek... Farzandim shu bo'lsa?.. Naxotki, 11 yil deganda nixoyat, topdim!?.. Agar boshqa bo'lsa-chi? Ahir, odam odamga o'hshaydi-ku?!. Xozir "O'g'lim” desam-u, begonaligini bilgach, tashlab ketaversam, ko'ngli o'ksimaydimi?!..”
Yodgor she'rni tugatib joyiga qaytdi. O'ziga berilgan sovg'ani ochib xam ko'rmadi. Fikr-u xayoli Qorboboda, ich-ichidan ishonadi: "Ana shu Qorbobo menga dadamni olib keladi”.
Bayram tugadi. Qorbobo ketishga xozirlik ko'ra boshladi. Yodgor yugurib bordi-yu, Qorboboning engidan tortib, o'ziga qaratdi. Qorbobo xam engashib uning yuziga emas, yuzidagi holiga qarab turaverdi. "Qorbobo, keyingi kelganingizda dadamni olib keling”,- dedi Yodgor mo'ltiragancha ikki qo'lini bir-biriga chalkashtirib. Shundagina Qorbobo bolaning qo'lidagi hotini xar doim taqib yuradigan munchoqni ko'rdi-yu, O'g'lim! deya uni bag'riga erkalab, suyub bosdi.