Umr daryo kabi oqaverarkan sevgi haqida sher

Umr daryo kabi oqaverarkan

Umr daryo kabi oqaverarkan,
Kunlar erta sari boqaverarkan,
Yoningda mehribon yoring bo'lsa xam,
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!

Olovi so'nmaskan ilk muhabbatning,
Ozori tinmaskan ilk muhabbatning,
Yozig'i shu ekan achchiq xayotning,
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!

Seni suyishlari tatimas ekan,
Sen deb kuyishlari tatimas ekan,
Ilk sevgiga dunyo arzimas ekan
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!

Tuxfasi osmonga termulgan ko'zlar,
Aytilmay, yurakka ko'milgan so'zlar,
Bilmadim xayotdan ne ma'no izlar,
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!

Armonlar yo'limga qalashib bo'lgan,
Hijron xayotimga qasdlashib tolgan,
Visolning ko'yida adashib qolgan,
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!

Ovutmoq istayman, taskin topilmas,
O'tmishim va ertam murosa bilmas,
Faqat sog'intirar, bir bora kelmas,
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!
bas endi dardlaring to'kma,
Ertadan baxting kut, o'tmishing so'kma,
Yo'q, meni ovutmoq istamang, to'htang,
Umr daryo kabi oqaverarkan,
Ilk sevgi yurakni yoqaverarkan!

Fikr qo'shish