Meni yomon ko'rgan odamlar... uzbekcha she'r

Meni yomon ko'rgan odamlar...
Meni yomon ko'rgan odamlar...


Ichida it hurgan odamlar,
Aybim izlab yurgan odamlar,
Sizga yordam bergim keladi,
Meni yomon ko'rgan odamlar...

Kimga nomu nishonim yoqmas,
Yo Bag'dodim, Qo'qonim yoqmas,
Erta olgan unvonim yoqmas,
Meni yomon ko'rgan odamlar...

Davrangizga kira olmayman,
Kirsam ko'nglim yora olmayman,

Sizga talant bera olmayman,
Meni yomon ko'rgan odamlar...

Osay deysiz, sirtmog'ingiz yo'q,
Uray deysiz, to'qmog'ingiz yo'q,
O'ladigan axmog'ingiz yo'q,
Meni yomon ko'rgan odamlar...

Sizga uka, aka, jo'raman,
Duoingiz qilib yuraman,
Men sizlarni yahshi ko'raman,
Meni yomon ko'rgan odamlar...

Mushuk yotar – sher hayolida,
Kiyik tutib yer hayolida,
Men yurovdim she'r hayolida,
Meni yomon ko'rgan odamlar...

Bolangiz yurt uchun yashasin,
Dushmanga xam jonin to'shasin,
Farzandingiz menga o'hshasin,
Meni yomon ko'rgan odamlar !!!

Xayrlashib ketmoqda mohi "Ramazon"!

Bir yilda bir marta bo‘ladi mehmon, Kimlar tutib qoldi, kimgadir armon. Qalblarni to‘ldirib iymon nuriga, Xayrlashib ketmoqda mohi "Ramazon"!...

Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim

Orzular yo‘lidan ORTGA qaytolmay, Bechora qalbimni o‘yib tig‘ladim, Xattoki onamga DARDIM aytolmay, Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim......

Yig'lamang

Tun kecha oqshomlar hayolimdasiz. Bir quvonch tatimas uzoqlardasiz.  Sizga qo'lim yetmas yetmaydi mangu, Siz endi o'zgani quchog'idasiz......

Qolgani ham asta sekin bo‘lib qolar

Dilda iymon qo‘lda duo bor xamisha.. Qalbda ishonch, shukur, sabrdir yo‘ldoshim... Bugunim tinch, yeyarga bor, xalol, oshim.. Qolgani ham asta sekin bo‘lib qolar......

Dunyoga Nega Keldik Ibodatni Bilmasak

Dunyoga Nega Keldik Ibodatni Bilmasak Yaratgan Allox Uchun, Nahot Sajda Qilmasak Molu-Dunyo Dardida, Gunohlarga Botamiz Qasrdek Uy Qursak Xam, Qabrlarda Yotamiz...

Shubxa bor joyda, Ishonch susayadi

Shubxa bor joyda, Ishonch susayadi. Ishonch susaysa, Mehr kamayadi. Mehr kamaysa, E'tibor yo'qoladi. E'tibor yo'qolsa, Qadrimiz qolmaydi....

Kim uchundir yomonsiz kim uchun yaxshi...

Kimlargadir yomonmiz kim uchun yaxshi Yaxshi insonlardir umrimiz naqshi Baxtli inson bo'lmagay yomon Yomon bo'lsa balkim u baxtsiz baxshi......

Noqobil farzand!

O'g'il bo'lib xech Onangni o'ylaysanmi? Farzandisan-sog'inganin bilmaysanmi? Kutar bo'lsa yo'llaringga ko'zin tikib, Hech yo'q oyda axvolini so'rmaysanmi?......

Mayliga ayolni o'ramang zarga

Mayliga ayolni o'ramang zarga, Uning uchun qurmang go'zal Tojmaxal, Oltin ostonali qasrdan ko'ra, Ayolga muruvvat e'tibor afzal!......

Mayliga bo'lsang-da chindan xam zo'rlar

Mayliga bo'lsang-da chindan xam zo'rlar, Bormikan, demagin, mendan xam zo'rlar, Juda ko'rging kelsa, mozorga borgil - U yerda yotibdi sendan xam zo'rlar!...

Izohlar 3

  1. Офлайн
    Seung
    Seung 17 сентября 2023 18:47
    Ajoyib ♥️♥️♥️
  2. Офлайн
    diyora
    diyora 10 декабря 2021 00:50
    Zor ekan sherlar
  3. Офлайн
    Bek
    Bek 16 ноября 2019 01:05
    Zuuur 👍👍👍👍👍

Fikr qo'shish