Mutlaqo xaqiqatga asoslangan xazil uzbekcha she'r

Mutlaqo xaqiqatga asoslangan xazil
Mutlaqo xaqiqatga asoslangan xazil


Dunyo buncha tor ekan,
G'alvasi bozor ekan.
Birini yengdim desam,
Boshqasi tayyor ekan.

Yo ustidan, ostidan
Emas dushman qasdidan,
Uyim buzilay dedi
Internetning dastidan.

Osonmi sevish, sovish
Shunda boshlandi tashvish.
Mening kandidat erim
Qilyotuvdi Ilmiy ish.

Kompyuterda uzzukun
Ishlab tonglar otardi.
Kerakli ma'lumotni
Internetdan topardi.

Ammasiyu, xolasiga
Ishonib domlasiga,
Xalaqit qilmayin deb
Kirmabman honasiga.

Ihlosla ishlaydilar,
Dilda o'zga tilak yo'q.
Qancha vaqt o'tsa xamki,
Ilmiy ishdan darak yo'q.

Yupatardim o'zimni:
,,Xammasi zo'r bo'ladi.
Fanni bilag'on erim
Og'dar- to'ntar qiladi,,.

Bir shubxa- gumon bilan
Miyamni xam ishirdim.
Vaqt keldi, imkon topib
Kopyuterni tekshirdim.

Chala qolgan Ilmiy ish
Bir burchakda yotibdi.
Yosh kandidat chatlarda
Rosa gaplar sotibdi.

Xazilmas, do'stlar soni
Naq besh minga yetibdi.
Bizning kalbosh, to'rtko'z er
Blogger bo'b ketibdi.

Indamadim, noiloj,
Tishni bosdim tishimga.
Qayoqdagi xonimchalar
Yoqarmish bu kishimga.

Tarmoqdagi ,,sayroq qush,,
Xush so'z aytmas o'zimga.
Itdanam yomon bo'lib
Ko'rindida ko'zimga.


Istamadim, urishib,
Obro'yimni to'kmoqni.
Payt topib solmoq bo'ldim,
Boshiga ur to'qmoqni.

Tejagan pullarimga,
Bitta telfon olvoldim.
,,Asalika Bebosh,, deb
Profilam ochvoldim.

Gugldan rasm topdim,
Qizcha- o'n sakkiz yoshli.
Oq badan, sochi silliq,
Humor ko'z, qora qoshli.

O'n yil yashagan erla,
O'sha kuni ,,do'stlashdik,,.
U bo'ydoq, men ersiz deb
Rosa obdon gaplashdik.

O'sha ,,olim,, erimni
Asta-asta o'rardim.
Zimdan ko'rib xolini
Ich-ichimdan kulardim.

O'zi xardam xayol er
Sal sarhusham bo'ldiyov.
O'n yil yashab o'zimni
Yana qayta sevdiyov.

She'rlar yozadi tinmay,
Beting qurg'ur afsungar.
Muxabbat shoir qildi
Kasbi o'zi kimyogar.

Yalinardi tinmasdan:
,,Uchrashaylik, ey, xonim,,.
Dedim: ,,Ilmiy ish bitsin
Qutlashga boray, jonim,,.

Bir yil dam olgan papka
Yana qayta ochildi.
Ilmiy ishning chalasi
Uch oylarda yozildi.

Rux beraman erimga
Xar kun deyman ,,Xormang,jon,,.
Ishtiyoqla ishladi
Jonini berib chunon.

Keldi ximoya kuni,
Oy kuni, xilol kuni.
Ikki pinxon oshiqning
Xaqiqiy visol kuni.

Ximoyaga boryotib
Erim aytmadi xatto.
Kutardi keladi deb
Gul tutib ul xurliqo.

Kulaman miyig'imda:
,,Kimligimni bilmabsiz.
Ho'jayin, sovunimga
Xali ko'ylak yuvmabsiz,,.

Bordim, atay Syurpriz
Bir dasta gul ko'tarib.
Ma'ruza qilar erim
Ko'zi ,,xur,,ni axtarib.

Yozdim so'nggi hatimni:
,,Kechiring meni, o'g'lon.
Siz-ku bo'ydoq ekansiz
Men asli erli juvon.

Uch bolam bor, ochig'i,
Kichigi o'n yoshida.
Uzr, aytmagan edim
Xammasini boshida.

Uka, hatlaringizni
Erim kecha topvoldi.
Pochchangiz, rosti, boksyor
Sobiq jaxon chempioni.

Ushlasa, o'ldiradi
Yosh joninggiz uvolda.
Bir zarbida shaklingiz
Qoladida devorda.

Maslaxatim, ukajon,
Profilni yo'q qiling.
Qaytib kirmang tarmoqqa
Ko'nglingizni to'q qiling,,.
AYBDOR ASAL OPANGIZ!!!

Hatni ko'rgach erginam,
Qora terga botdiku.
Telfoniga tikilib
Besh- o'n minut qotdiku.

Yoniga borib dedim:
,,Tabriklayman, dadasi,,.
Deydi: ,,Xozir qo'ng'iroq
Qilmoqchiydim, onasi,,.

,,Aytishingiz shart emas
Sezgan edi yuragim,,.
Ilmiy ish tug'ildi-yu,
Tamom bo'ldi ertagim.

Ana, sodda erimning
Bitdi tarmoq g'alvasi.
Gox deyman: ,,Doktorlikni
qilmaysizmi, dadasi?,,.

Kim Qur’onni ta’lim olsa, rostgo‘y bo‘ladi

Kim Qur’onni ta’lim olsa, hidoyat topadi. Kim Qur’onni ta’lim olsa, hamroh topadi. Kim Qur’onni ta’lim olsa, nurga to‘ladi. Kim Qur’onni ta’lim olsa, istiqomat – to‘g‘ri yo‘lda bo‘ladi. Kim Qur’onni ta’lim olsa, rostgo‘y bo‘ladi....

Bahor-u yozlarim o'tyapti bir-bir

Bahor-u yozlarim o'tyapti bir-bir. Bu qisqa dunyoda qisqadir umr. Ham savob ham gunoh tonganim shudir. Sinovlardan omon o'ta olsaydim. Robbim xuzuriga Xurdek borsaydim....

Bahtdan boshqasiga ko'nmayman sira

Garchi ertam nursiz, o'tmishim hira, Meni kimligimni taqdirdan so'ra, Mol-davlat menga oddiy yo'lkira, Bahtdan boshqasiga ko'nmayman sira!......

Atirgul ochilib gulg'uncha bo'lsin

😊Atirgul ochilib gulg'uncha bo'lsin... 😅Вirinсhi farzandingiz o'g'ilсha bo'lsin... 😍Mabodo adashib qizaloq bo'lsa... 😳Babnik yigitlarni dodini bersin...! 💞...

Qizi yo'qning oysiz homush osmoni

Qizi yo'qning oysiz homush osmoni Qizi borning Qasirdir honadoni Shu mungli shu mushtipar parvonang O'g'il yo'ling Qiz konglingni sultoni...

Biz qanday insonmiz bilib yurganlar

Biz qanday insonmiz bilib yurganlar Tinmay g'iybatimiz qilib yurganlar Qarangki o'zlari kulgiga qoldi Bizning ustimizdan kulib yurganlar...

Qadr izlab yugurma, topolmaysan

Qadr izlab yugurma, topolmaysan Qabr deya baqirma, qocholmaysan. Havas qilma samolarga ucholmaysan Kechaman deb o'ylama kecholmaysan...😍😘...

Ayolni ho'rlamang, ayol-bu ona

Ayolni ranjitmang, ayolni so'kmang, Bexuda qiynamang, ko'z yoshin to'kmang, Ayolsiz koshonalar go'yo vayrona, Ayolni ho'rlamang, ayol-bu ona!......

Ishqimning uvoli tutmasa bo'ldi

Yo'lingni armonlar kutmasa bo'ldi, Yuraging fig'onlar yutmasa bo'ldi, Baxtli bo'lishingni tilayman lekin, Ishqimning uvoli tutmasa bo'ldi......

Muhabbat dardidan davo izlama

Muhabbat dardidan davo izlama. Bulbulsiz chamandan navo izlama. Sevgingiz toza bo'lsa yurakta asra. Lekin bevafodan vafo izlamang.......

Fikr qo'shish