Hoy, oq ilon, oppoq ilon uzbekcha she'r

Hoy, oq ilon, oppoq ilon
Hoy, oq ilon, oppoq ilon


Hoy, oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotganing qani?
Sen-ku meni yomon deding,
Yahshini topganing qani?

Xoy, oq ilon, oppoq ilon,
To'ningni tashlab ketma.
Olib-olib, menga yomon
Kuningni tashlab ketma.

Ana, uning tili uzun,
Mening dilim uzundir.
Ana uning qo'li uzun,
Mening yo'lim uzundir.

Uzun-uzun ishonchlarim

Jon joyida uzildi.
Yurakdagi ishonch uyi
Tiklanmasdan buzildi.

Xoy, oq ilon, oppoq ilon,
To'ningni tashlab ketma.
Olib-olib, menga yomon
Kuningni tashlab ketma.

Xoy, oq ilon, oppoq ilon,
Tishingdagi zaxarmi?
Qon yig'latib meni ko'p yomon
Kuydirganing saxarmi?

Eshiklarni yig'lab yopdim,
Eshigingni yopgin, yor.
Men-ku seni suyib topdim,
Sen Hudodan topgin, yor.

Xoy, oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotganing qani?
Sen-ku meni yomon deding,
Yahshini topganing qani?

Xoy, oq ilon, oppoq ilon,
To'ningni tashlab ketma.
Olib-olib, menga yomon
Kuningni tashlab ketma...

Ollohim qo'llading o'zingga shukur

Tuhmat-u bo'htondan qiynalib ketdim, Yashagim kelmasdan zorlanib ketdim, Yuragim ezilib orlanib ketdim, Ollohim, qo'llading o'zingga shukur......

Ilohim men ham bo'lay TALABA!

Oppoq orzularim qanotlarida, Shuhrat cho'qqisini etsam g'alaba. Ilmlar konini izlab kun-u tun, Ilohim men ham bo'lay TALABA!...

Siz meni o'ylamang bag'ri tosh deya

Siz meni o'ylamang bag'ri tosh deya Til ta'rif etolmas tuyg'ularim bor O'ylamang kelmagan ko'zga yosh deya. Birov ko'tarolmas qaygularim bor...

Dunyoga keltirsa ayoli qizcha

Dunyoga keltirsa ayoli qizcha, G'ubor yo'q otaning ko'nglida sira. Bo'lsada o'g'ilning o'rni o'zgacha, Otaning qiziga mexri bo'lakcha....

Mening dunyoyimda

Osmondan tushmadim, yerdan chiqmadim, Meni yaratmagan quyoshiy o'qlar, Dunyoga keldimu, dunyo demadim, Mening dunyoyim bor dunyosi yo'qlar......

Roziman Allohim ne yozgan bo'lsa

Xolimdan kimlardur erinmay kulsa, Xor bo'lsam dillari shodlikka to'lsa. Men hatto kiprik ham qoqib qo'ymayman, Roziman Allohim ne yozgan bo'lsa....

Jannatda xech yig'lamaymiz!

Jannatda xech yig'lamaymiz! Jannatda xech hafa bo'lmaymiz! Jannatda xech ajramaymiz! Jannatda xech kek saqlamaymiz! Jannatda......

Yulingizdan termang aslo tikonlarni

Yulingizdan termang aslo tikonlarni, Qulingizni yulsalar xam silab quying. Bu dunyoni g‘urbat bilgan kimsalarni, Shayton deya qul siltang u, kulib quying.....

Musofirlik risqin terib yurganlar!

Musofirlik risqin terib yurganlar... Yillab ketsalar ham Vatandan yiroq, Unutmaydi ona tuprog'in biroq. Yuragini yemiradi ayriliq, firoq, Oson tutmang o'zga yurtda yurganlarga, Musofirlik risqin terib yurganlarga......

G'ururingni sotma, singiljon...!

Balki yo'qdir boshingda ering, Balki yo'qdir yashashga yering, Balki sig'mas tanangga tering, Iffatingni saqla, singiljon......

Fikr qo'shish