O'g'il bolang-birovning hasmi. uzbekcha she'r

O'g'il bolang-birovning hasmi.
O'g'il bolang-birovning hasmi.


O'g'ilmi qiz-bari o'z bolang,
Kizlar-mehmon, deyishar rasmi,
O'zingniki asli-qiz bolang,
O'g'il bolang-birovning hasmi.

O'stirasan bo'lib parvona,
Ega chikar bitta jonona,
Bu savdoga bo'lma hayrona
O'g'il bolang-birovning hasmi.

Unitsa ham o'z onasini,
Tug'ilgan hovli-honasini,
Unitmaydi qaynonasini,
O'g'il bolang-birovning hasmi.

Qizing jonin ilinib turar,
Yuraklari tilinib turar,
Mehri ko'zdan bilinib turar,
O'g'il bolang-birovning hasmi.

Sog'inganda yig'lamay kutgin,
Ichikmasdan o'zingni tutgin,
Ko'z yoshingni "kult"etib yutgin,
O'g'il bolang-birovning hasmi.

Uy-ruzgori buynida hurjin,

Bolamga der, Hudo bergan kun,
Duo qilu, chikarmagin un,
O'g'il bolang-birovning hasmi.

Yuragining ustini-yori,
Sovuqqotsa po'stini-yori,
Bolasiga topgani, bori
O'g'il bolang-birovning hasmi.

Urishsalar qozi bo'lasan,
O'rtada tarozi bo'lasan,
O'limingga rozi bo'lasan,
O'g'il bolang-birovning hasmi.

Ishi tushsa yoningga chopar,
Hindistonda bo'lsang ham topar,
Boshqa payt kutma ey, modar,
O'g'il bolang-birovning hasmi.

Hafa bo'lsang koyib, tonasan,
Kechirasan, chunki onasan,
Tushun, muncha kuyib-yonasan,
O'g'il bolang-birovning hasmi.

Janjal qilma, onamisan, bas!
Kelin sening kundoshing emas,
O'g'ling endi sirdoshing emas,
O'g'il bolang-birovning hasmi.

Sovchilikka borishdan oldin,
Sandikka sep solishdan oldin,
Bir mantikka ko'nikib olgin,
O'g'il bolang-birovning hasmi.

Kelsa-yu kelmasa, duo qil,
Bilsa-yu bilmasa, duo qil,
Bersa-yu bermasa, duo qil,
O'g'il bolang-birovning hasmi.

Mehnatlaring- Hudo yo'liga,
Zahmatlarig- Hudo yo'liga,
Qaratib qo'ymasin qo'liga,
O'g'il bolang-birovning hasmi.

Kelinga gapirsang muloyim,
O'g'ling sendan rozi har doim,
Bu hayotdir, Marhabo oyim,
O'g'il bolang-birovning hasmi!

Quloq soling do‘stlar shu safar

Quloq soling do‘stlar shu safar, Unutilsin bari dard, azob. Shukr deylik, turib tong sahar, Yaxshilikka yozilar savob......

Yo'liqib qolganda notanish ayol...

Yo'liqib qolganda notanish ayol, turli ko'chalarda kezadi hayol. Begonadan kelar duzahning hidi, jannat-ku uyingdagi ul juftu Halol....

Ayol bor dunyoda

Ayol bor dunyoda baht bor ikbol bor, Ayol bor dunyoda shirin hayol bor. Ayol bor dunyoda ishq bor visol bor, Ayol bor dunyoda sohibjamol bor......

Yo‘qlab turing Bormisiz Deya

Yo‘qlab turing Bormisiz Deya... Dilga Yaqin Dildoshlaringiz... G‘animat bilgancha Xar Laxza Oni.. Izlab turing Yaqinlaringiz.......

Bugun ajoyib kun, go'zal bu kecha

Bugun ajoyib kun, go'zal bu kecha, Bilaman charchabsiz rosa, kechgacha. Shirin uyqu tilay, osuda kecha, Yahshi dam oling hayr tonggacha!...

Hayotimzni ham hidoyat nuri ila munavvar qil

Allohim, ko'zlarimizni uyqudan ochganing kabi Qalblarimizni ham g'aflatdan uyg'ot Dunyoni quyosh nuri ila yoritganing kabi Hayotimzni ham hidoyat nuri ila munavvar qil....

Erkaklarni ayblaymiz xiyonat qilsa

Erkaklarni ayblaymiz xiyonat qilsa, Kecha ko'rgan suluvni sevib qolsa yor. Nima qilsin hotini bepardoz yursa, Oydek jamolini qilib qo'ysa hor......

Hayrli tun!

Tun uhlatsin, oydek jamoli bilan, Tong uyg'otsin, mayin shamoli bilan, Endi uhlang, Allox kalomi bilan, Sahar turing, Allox salomi bilan!  XAYRLI TUN!...

Vatan haqida sara she'rlar to'plami

Agar do‘stlar erur sodiq bir-birin qiyratib bo‘lmas, Agar qilg‘il necha fitna alarni ayratib bo‘lmas. Demishlar: moru qushni bir qafasda asratib bo‘lmas, Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas. Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas......

Ba'zan yig'lamoqqa bahona bo'lmas

Ba'zan yig'lamoqqa bahona bo'lmas, Qo'ya qolay desang, o'pkang to'ladi, Yig'lamay yashayman deysan-u, biroq, Ko'ngil ko'chasida kimdir o'ladi......

Fikr qo'shish