Bir kechalik kelin

Bir kechalik kelin
Bir kechalik kelin


To'y juda chiroyli o'tdi. Taomlar ko'pligidan stol oyoqlari sinay derdi. Musiqachiyu honandalar almashaverib to'yhonani qizdirdilarki! Pullar sochildi. Xamma samimiylik bilan baht tiladi. Gullar, sharlar, raqslar. Koncertga aylanib ketdi to'y xam. Xammaning og'zida to'yning xashamatli bo'lgani muxokamasi. Kuyov uyiga borishganda xam raqs, o'yin kulgu davom etdi…

Ertasiga kelin salom xam tugadi, sovg'a salomlar to'lib ketdi. Kelin ming qizargancha salom berardi xammaga.

Nikox kechasidan ikki yosh yorug' yuz bilan chiqdi. Yangalarning elkasidan tog' ag'darilgandek bo'ldi.

Chorlarda esa… Ikkinchi ovqat tortilganidan so'ng kelin dugonalari bilan o'tirgan honada birdan qiychuv boshlanib ketdi!

Kattalar yugurib kirishganida kelin erda tipirchilab yotardi, yangasi uning tilini ushlash uchun xarakatda, dugonalari daxshatda qo'l oyog'ini ushlab turardilar… Lekin xech kim eplolmadi… Joni uzildi!.. Chorlar azaga aylanib ketdi…

Sababini ko'p izladilar. Xech kim tagiga etolmadi. Avvaldan bor epileptik kasali qattiq xayajondan xuruj qilgani yakuniy hulosa bo'ldi. Aslida esa bu bir sabab edi…

Nikox kechasi kuyov uch yil uchrashib yurgan sevgisi qiz chiqmaganidan daxshatga tushgandi. Kelin uning oyog'iga yiqildi, yalindi, yolvordi. «Sharmanda qilmang» deb tinmay yig'lardi. Kuyov xech kim qilmagan ishni qildi. O'z boldirini tilib qon chiqardi. Chunki u sevardi, telbalarcha sevardi! Alam va nafrat qalbini tilka pora qilgan kuyov honadan chiqib ketayotganida bir gap aytdi: «Iloxim, ertaga uyingdan qaytib kelmagin!». Bu so'zlarini kelin eshitmadi. U sharmandalikdan qutulib qolganiga o'z ichiga sig'masdi… Kuyovning so'zlariga esa farishtalar omiyn degani shubxasiz…

Barcha marakalar o'tdi, yopiq qozon yopiqligicha qoldi…

Birgina achchiq hatosi deb kuyov qarg'ishiga uchragan kelinning ota-onasi, aka-ukalari esa qon yig'lab qoldilar…

Nojo'ya bosilgan qadam asoratsiz bo'ladi deb o'ylaganlar adashadi. Birovning qalbi, ishonchini suiste'mol qilganlar ertami kech yomon xolatga tushishlari muqarrar…

Madat ber, Alloh

–Dada, oyim nimaga uyg‘onmayaptilar? Jajji bolakayning savoli shundoq ham siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. O‘g‘lini tizzasiga o‘tqazdi-da, peshonasidan o‘pdi. –”O‘g‘lim oying, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak”...

Jaxil ustida so'ralgan taloq

Bir kuni oilalik bir er, uyiga qaytishi bilan ayoli janjal ko‘tara boshladi. Janjal shu darajada avj oldiki, xatto ayol taloq so‘rashga o‘tdi. Jahl otiga minib olgan ayol, talog‘ini berishini so‘rashdan nariga o‘tmay qo‘ydi. Hech chora topmagan er, qog‘oz qalamni olib "Ha, men Faloniy o‘g‘li Falonchi, aqli hushim joyida, nima deyayotganimni yaxshi...

Jumbok 12 qism

Samshodni asta sekin bilmagan narsalarini urgata boshladi Samshod juda kup narsalardi urganib sir sinoatini tushinishi kerak bulardi Samshod armiyada chegara kushinlarida hizmat kilgan harbiy tayorgarlikdan habari bulgani bilan Samshodni kutib turgan bu jang maydoni hech kande madad kuchlarisiz hech kande yordamsiz birgina hato hayotiga nukta...

“Aytilmagan dil izhori”

Ismim Nodira oilaliman. 3 og ‘il farzandim bor. Erim g ‘amxo‘r, qaynonamdan alohida yashaymiz. Tashqaridan qaraganda juda baxtliman. Lekin, armonim bor, ilk muhabbatimga sevishimni ayta olmaganman…  Dadamning aytishlariga qaraganda, oyijonim meni dunyoga keltirib olamdan o‘tgan ekanlar. ...

Hikoya: Yurakka sanchilgan so'z

Damir Sultonovich inqillagancha o'rnidan turarkan zalvorli gavdasining qo'zg'alishidan o'tirgan stuli og'ir g'ichirlab ketdi. U oq oralagan jingalak sochlarini qo'li bilan orqaga tarar ekan, chuqur ux tortib qo'ydi. Haqiqatan ham, keyingi paytlarda Damir Sultonovichni oyoq og'rig'i bezovta qilardi. Damir Sultonovich yoq-bu yoqdan suhbatlashib...

Faqat qabring ajratadi bizning oramiz..

Ayriliq yomon ekan, meni butkul ado qilar yurak qurg'ur tinmasdan erta so'ngan sevgimni so'rar.. Ko'zda yosh bedor tunlar aqlim hayron irodam ojiz qoldim go'yo yakkayu yolg'iz.. samodagi yulduzim seni juda sog'indim.. Sevgini asrang odamlar ayriliq yomon ekan.. Farab.. ...

Muqaddas Ramazondagi duoning ijobati

Muqaddas Ramazondagi duoning ijobati O'tgan yili Ramazon oyida jazirama yoz kunlari xar kuni qishloqdan shaxarga — ishga qatnashda issiq va xolsizlikdan tinkasi qurirdi. Kechqurun iftorlikka yaqin oyoqlarini sudrab uyga kirib borar, bir qultum suv bilan og'iz ochar-ochmas ko'zi ilinardi. Yana ikki maxalla naridagi masjidga tarovex namoziga...

Abdullaxon II kim boʻlgan?

Yaqinda hamma narsaga qiziqaveradigan oʻgʻlim Bunyodbek, "Oqchopsoy suv inshootini nega "Abdullaxon bandi” deyishadi? Abdullaxon oʻzi kim boʻlgan?" deb soʻrab qoldi. Oʻylanib qoldim. Tabiiyki, u bu savollarga darsliklardan javob topolmaydi. Bizga ham oʻqitishmagan. Buning ustiga yaqinda u "Ertugʻrul" nomli turk serialini koʻrib, Jaloliddin...

Mehrli bo'laylik

Televizori buzilib qolgan bir musulmon oilasi, uni tuzatish uchun uyiga sozlovchi ustani chaqirdilar. Usta televizorni sozlamoq uchun orqa uskunalarini ochdi-yu... xayratdan dedi:......

TATAR KAMPIR…

Etmishdan o'tgan, uzoq yillik bel og'rig'i qaddini egib qo'ygan Nina xolaning uch xonali kvartirasi xorij musiqasi, qichqirib sakrayotgan mast-alast erkak, ayollarning dupur-dupuridan zir titrardi. Nina xola balkonning bir chetida mung'ayib o'tirgan ko'yi o'zicha g'udranib qo'yardi. — Iloyim yer yutsin senday kelinni!.. Bilaman, Marat o'g'limni...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Aibek
    Aibek 19 мая 2020 11:03
    Hozirgi kunda eng o'paygan va kerak sabok

Fikr qo'shish