Tushda qush ko‘rsa nima bo‘ladi
Tushda qush ko‘rsa nima bo‘ladi. tush ta’biri. Tushda ko‘p qushlarni ko‘rgan kishi zaif va nochor kimsa, deb ta’bir qilinadi. Kaklik ko‘rgan kishining imoni zaifdir. To‘tiqush ko‘rgan kishi shirinso‘z suhbatdosh sanaladi. Tushida moda to‘tiqush ko‘rgan kishi erkak bo‘lsa, sohibjamol ayolga uylanadi. Tushida mayna ko‘rgan kishi ko‘p xizmatkor ishlatadi. Boyo‘g‘lini tush ko‘rgan kishi do- nishmand bo‘ladi. Tushida anqo ko‘rgan kishi mol-davlatga ega bo‘ladi. Qush go‘shti yeganini ko‘rgan kishi murodiga yetadi.
Tushida bulbul
Tushida bulbul ko‘rgan kishi Qur’on o‘qishni o‘rganadi. Tushida kaptar ko‘rgan kishi ajoyib umr yo‘ldoshini topadi. Tushida ko‘rilgan notanish qush biror kasallik, uyi- dan kichkina tosh, barg, qurt yoki shularga o‘xshash biron narsani ko‘tarib osmonga uchsa, o‘sha uydagi bemor dunyodan o‘tadi.
Tushdagi notanish qush
Tushdagi notanish qush Azroil(a.s.)dir. Go‘shti yeyiladigan qush ko‘rish osonlik bilan quriladigan foyda; sayroqi qushlarni ko‘rish solih qavmta ishoradir. Uchmaydigan qushning uchganini ko‘rish ahdni buzish va isyondan darak hisoblanadi.