Tushda xo‘kiz ko‘rsa nima bo‘ladi

Tushda xo‘kiz ko‘rsa nima bo‘ladi


Tushda ho‘kiz ko‘rish mol-davlat, hurmatli inson kabi ko‘plab ma’nolarni ifoda etadi.  Oq ho‘kiz ezgulikka moyillikni ifodalaydi. Biror kishi tushida ho‘kiz suzgani va boshqa joyga otilib ketganini ko‘rsa, ishidan ayriladi. O‘ziga jarohat yetmaganini ko‘rgan kishi xo‘jayinidan tanbeh eshitadi. Tushida qora ho‘kizga minganini ko‘rgan kishining nufuzi ortadi.

Tushda sariq xo‘kiz
Sariq ho‘kiz vasigir kasallik alomatidir. Biror joyda ko‘p ozg‘in sigir ko‘rish ocharchilik va qimmatchilik bo‘lishiga; semiz sigirlar ko‘rish mo‘l-ko‘lchilik va arzonchilikka ishora sanaladi.

Biror ho‘kizni so‘yib, go‘shti tarqatilganini ko‘rish taniqli kishining o‘ldirilishi va mol-dunyosi talon-taroj qilinishidan darakdir. Ho‘kiz yoki sigirning o‘ziga qarab kelayotganini ko‘rgan kishi undan zarar yetadi, deb o‘ylasa, davlat va obro‘ga ega bo‘ladi.

Tushda qoramol
Tushdagi qoramollar yo‘llarga ishoradir. Qora va sariq qoramol quvonch. Mo‘l-ko‘lchilik, arzonchilik bo‘lgan yillar deb ta’- bir qilinadi. Qoramolning peshanasidagi oq yilning boshidagi shiddatga, belidagi qashqa yil o‘rtasidagi qiyinchilikka, sonidagi qashqa esa yil oxiridagi sinovlarga ishoradir.


Ko‘rilgan mol semiz va yog‘li bo‘lsa, taqvodor ayolga, shoxli bo‘lsa, eriga itoat etmaydigan rafiqaga nisbat beriladi. Sut beradigan sigir esa foydali va xayrli ayolga ishoradir. Biror kishi uyida buzog‘ini emizadigan sigir borligini ko‘rsa, o‘z qiziga qo‘shmachilik qiladigan ayolga ishora bo‘ladi.

qoplon

Tushda qoplon ko‘rish dushman darak.. Qoplonning go‘shti, suti, a’zolaridan birortasini ko‘rish foydalidir. Tushida qoplonning o‘ldirilishini ko‘rgan kishi zolim dushmanni yengadi. Qoplon go‘shti yeganini ko‘rgan kishi boylik va obro‘ga ega bo‘ladi. Qoplonning ustiga minganini ko‘rgan kishi buyuk saltanatni egallaydi. Qoplonning o‘z ustiga minganini ko‘rgan kishiga mahalliy amaldor tomonidan ziyon yetkaziladi. Qoplon bilan jinsiy munosabatda bo‘lganini ko‘rgan kishi zolim qavmidan bo‘lgan gunohkor ayolga tajovuz kiladi. Qoplon makkor insonga ishora hamdir.

Tushda qoramol ko‘rsa
QOR

Tushida ko‘rilgan qor rizq, manfaat, sovuq urish kasalligidan shifo topish, deb ta’bir qilinadi. Qor yog‘maydigan faslda tushda ko‘rilgan qor g‘am-anduh, qiyinchilik, kambag‘allik, ayriliqqa ishoradir. Bahorda qor yoqqanini ko‘rish mag‘lubiyatga; yozda esa zarar ko‘rish va kasallikka ishoradir. Qor ustida uxlaganini ko‘rgan kishi qamoqqa tushadi. Qor yog‘ib barcha binolar, daraxtlar va insonlarning ustini qoplashi o‘sha joy xalqi boshiga keladigan kulfatga ishoradir.

QOCHISH

Tushda qochish pushaymonl ik va tavbadir. Kimdan va nima uchun qochganini bilmagan kishi tavba bilan gunohlaridan qutuladi. Bunday kishi tuhmatga uchragan bo‘lsa, oqlanadi. Odam tushida nimadan qochsa, o‘ngida shundan qutuladi. Tushda askarning qochishi omad, muvaffaqiyat belgisidir. E’tiqodsizlarning qochishi esa qochish, qutulishdir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Tuzoqqa tushish ko'rsa

Tuzoqqa tushish. Kim tushida tuzoqqa tushganini ko’rsa, hiyla-nayrangga tushib qoladi....

Tushda baliq ko'rsa, tutsa nima bo'ladi - baliq ko'rish, ovlash, yeyish ta'biri

TUSHDA BALIQ KO’RISH: MILLER BO’YICHA Agar tushda baliq toza suvda suzib yurganini ko’rsangiz, taqdir sizni saxovatlik ila taqdirlaydi. Tushda o’lgan baliq ko’rish – qayg’u va yo’qotishlarni bashorat qiladi. Agar yosh kishi tushda baliq ko’rsa – uni baxtli muhabbat kutmoqda. Baliq ovlash va tutish – sizni jiddiy sinovlar kutishidan gapiradi, agar...

Tushda sher nimani anglatishi haqida tush ta’birida

Tushda sher nimani anglatishi haqida tush ta’birida. Bunday tushlar ikki xil ma’noni anglatadi. Biri yaxshilik, ikkinchisi esa yomonlik.  Yaxshilik misolida – olov, kuch, issiqlik, quyosh, hayvonlar podshoxi, bir tamondan esa – sher vaxshiylik, hayvoniy hayot tarzini bildiradi. U urish timsolini bildiradi. Sher ona xissini anglatadi. Miken,...

Tushda Bo’yin umurtqasining birinchi bo’g’ini ko'rsa

Kim tushida u bo’g’inni ko’rsa, g’azablanadi yoki qattiq kasal bo’ladi. U kasal uchun o’lim, boshqalar uchun esa rizqqa dalildir....

Tushda KAKLIK ko'rsa

olijanob va aqlli xamda abjir xotinga ishora...

Tushda MUSICHA ko'rsa

bo’ydoq yigit tushida musicha ko’rsa ezma gapida tayini bolmagan bironta ayolga uylanishi mumkin...

Tushda ALLOX ko’rsa

kimki tushida Alloxning zoti namoyon bo'lsa o’ngida diniy va dunyoviy ishlari yaxshi......

Tushda uylanish

Agar uylanib kelin vafot etsa, bu erisha olmaydigan kasbga dalolat....

Tushda Hayot ko'rsa

Tushda Hayot korsa Tushda o'z hayotining boshqacha bo'lganini ko'rish, o'ngdagi o'zgarishlarni anglatadi....

Tushda Kalamush bolasi. ko'rsa

U tushda aqli past, zolim, qalbi qora kishiga ishora. Kim uning hovlisiga kiganini ko'rsa, o'ngida uyiga bir makkor odam kiradi....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Шарифа
    Шарифа 9 октября 2022 05:41
    Тушда кора жигарранг майда йулли жуда семиз, бахайбат хукиз кувиб сочларни ялаб енида ухлаб етса, лекин зиен етказмаса

    Бахайбатли корамтир жигарранг тусли хукиздан кочиб сурини тагига дугонаси билан яширинган аел енига хукиз якинлашган, калласини сурини тагига киритишга харакат килган, тили билан у аелни сочларини ялаган, ва шу холатда хукиз уйкуга кетган, аелга зиен етказмаган

Fikr qo'shish