Turli millatlardagi go’zallikning ajoyib tushunchalari
Har qanday mamlakatda go'zallikning mahsus timsollari mavjud. Axir, har bir millatning jozibadorlik tushunchalari juda farq qiladi. Ba'zilar uchun jismoniy nomukammallik joziba va latofat sanaladi. Ishonmaysizmi? Bu yerda ba'zi ishonchli dalillar mavjud. Marhamat ular bilan tanishib chiqing!
Notekis tishlar
Butun dunyo go’zal tabassumning siri sadafdek tekis tishlarda deya sanagan bir paytda yaponlar bunga mutlaqo boshqacha qarashadi. Ular tishi egri bo’lishi uchunhattoki tish shifokorlariga ham murojat etishadi. U yerda bunday odamlar juda yoqimli va jozibali deb hisoblanadilar.
Chandiqlar
Afrikalik ayrim millat vakillari bugun ham yara izlari yordamida tanaga turli xil naqshlarni qo'llaydilar. Ular bu ishni yanada jozibador bo’lish uchun qiladilar.
Yurakcha yuz shakli
Koreyslar chindan ham yurak shaklidagi qiyofani yaxshi ko'radilar. Shuning uchun ham bu mamlakatda yuzga yurak shaklidagi plastik jarrohlik amaliyoti qilish ayniqsa keng tarqalgan. SHuni ham aytib o'tish kerakki, bu jarayon murakkab va juda og'riqli, chunki operatsiya paytida ularning jag' suyaklarini sindirishadi.
To’la honimlar xafa bo'lmasliklari kerak. Ular ham juda jozibalidirlar. Masalan, Mavritaniyada zaif jinsning barcha vakillari mahsus "fermalarda" boqiladi, bu yerda ular har kuni 16 ming kaloriya miqdorini olishlari kerak. U yerda to’la ayollar erkaklar e'tiborida bo’lishadi va jozibali sanalishadi.
Yuzdagi plastir
Eronda odamlar mukammal tekis burunni go’zallik deya sanashadi. Biroq, bunday qimmat operatsiyani hamma ham qila olmaydi. Shu bois, diqqatni jalb qilish uchun ular bema'ni yolg'onga murojaat qilishadi: burunlariga plastir yopishtirib go’yoki rinoplastikani boshidan kechirgandek qilib ko’rsatadilar.
Xira teri
Bu Osiyoda yashaydigan odamlar uchun go'zallik standartidir. Shuning uchun aksariyat terini parvarish qilish kosmetikasi oqartiruvchi tarkibiy qismga ega. Plyajga borayotganda ham badanlarini quyosh nuri ta'siridan himoya qiladigan eng yopiq cho'milish kostyumlarini kiyishadi. Bundan tashqari, deyarli barcha osiyoliklar kunduzi yuzlarini quyoshdan yashirib niqob kiyishadi.
Uzun bo’yin
Burma sharqidagi ayollar bo'yinlarini iloji boricha uzunroq qilish uchun har narsa qilishadi. Har yili ular bo'yniga yangi bronza halqani taqib oladilar, bu esa kerakli natijaga erishishga imkon beradi.