Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar

Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar
Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar


Xitoyning Uxan shahrida pnevmoniya alomatlariga o'xshash kasallik tarqaldi. So’ngra keng yoyila boshladi. Dunyoning ayrim mamlakatlarida ushbu kasallikka chalinganlar soni xitoyliklarning sonidan oshib ketgan. Minglab bemorlarning orasida taniqli odamlar, aktyorlar, sportchilar, siyosatchilar ham bor. Bugungi maqolamizda Koronavirus bilan kasallangan mashhurlar haqida aytib o’tamiz!

Tom Xenks
Avstraliyada Elvis Presli haqidagi film suratga olishga tayyorgarlik ko’rayotgan chog’larida Tom Henks va uning rafiqasi aktrisa Rita Uilson  koronavirusni yuqtirib olishdi. Ikkalasi ham o'zlarini horg’in his qilishdi, Rita isitmalay boshladi. Shundan so’ng juftlik birgalikda koronavirusga test topshirishdi. Natijalar esa ijobiy edi. Er-xotin Avstraliyaning Kvinslend shahrida karantinga olingan. Aktyor o'zining Instagram-dagi sahifasida ular barcha kerakli yordamlarni olayotganliklarini yozdi va obunachilarini ehtiyot bo’lishga chaqirdi. Bir muddatdan so’ng er-xotin sog'ayib, uylariga qaytib ketishdi.
Olga Kurilenko
Jeyms Bondning qiz o’rtog’i ro’lini o'ynagan aktrisa mart oyining boshida kasallandi. Olga Kurilenko Londondagi uyida karantinda o'tirishga majbur bo’ldi. Aktrisaning omadi kelganga o'xshaydi - u tezda tuzalib ketdi.

Idris Elba
"Qorong'u minora" filmi orqali barchaga yaxshi tanilgan qora tanli yulduzni ham “Uhan vabosi” chetlab o’tmadi. "Men o'zimni yaxshi his qilyapman, hech qanday alomatlar yo'q, ammo o'zimni yakkalashim kerak edi. Odamlar, aqlli bo'linglar, men kabi uyda qolinglar va vahimaga yo’l qo'ymanglar ”, deydi u Twitterdagi sahifasida. 
Kristofer Xivyu
16-mart sanasida Kristofer Xivyu koronavirusga chalingan mashhurlar ro’yhatiga qo’shildi. U va uning oilasi uy karantiniga yuborilgan. Norvegiyalikning so'zlariga ko'ra, u o'zini yaxshi his qilmoqda, alomatlar grippga o'xshaydi. “Hammangiz juda ehtiyot bo'lishingiz kerak. Qo'lingizni yuving, 1,5 metr masofani saqlang, kasallik tarqalishining oldini olish uchun uyda qoling", - deydi aktyor.
Plasido Domingo
22 mart kuni 79 yoshli opera qo'shiqchisi Plasido Domingo koronavirus infeksiyasiga chalingani haqida xabar berdi. Uning yoshi katta bo'lishiga qaramay, u kasalxonaga yotqizilmagan, ammo uyida o'z oilasi bilan karantinga olingan. 30 martda u asoratlar tufayli og'irlashdi.
Shahzoda Charlz
Yelizaveta II ning to'ng'ich o'g'li shahzoda Charlz 25 mart kuni kasallar qatoriga qo'shildi. Bukingem saroyida ma'lumot tasdiqlandi. Uning holati uchun bu  juda xavflidir, chunki taxt vorisi allaqachon 71 yoshda va odam qanchalik katta bo'lsa virus shunchalik xavflidir. Ammo, qirol oilasining ahvoli yomonlashishini oldini olish uchun imkoniyatlar yetarli. 30 mart kuni qirollik oilasining matbuot xizmati valiahd shahzodasi sog'ayib ketganini e'lon qildi.
Boris Djonson
Koronavirus endigina Buyuk Britaniya hududiga kirib boshlaganda, Bosh vazir Boris Djonson hammasi "o'z-o'zidan o'tib ketadi" deb kutib, umumiy karantindan ikkilandi, ammo aholining ozgina qismi qurbon bo'lishi kerak edi. U juda tez, harakat yo'nalishini o'zgartirdi, lekin kech edi. 27 mart kuni, 6000 dan ortiq infeksiyalanganlardan so'ng Jonsonning o'zi ham ularning safiga qo'shildi.

McDonald’sning ilk restoran tarmog’i

Bugungi kunda McDonald’s haqida eshitmagan odam bo’lmasa kerak. Ho’sh uning ilk tarmog’i qaysi ekanligi ham barchaga oydinmikan? Quyidagi maqolamizda aynan shu haqida ma’lumotlar keltirib o’tamiz. Marhamat, ular bilan tanishing!...

Aytishlaricha baxtni yaratish uchun kimnidir kõmagi kerak ekan

• Aytishlaricha baxtni yaratish uchun kimnidir kõmagi kerak ekan.. • Bu tõğri gap.. Men õsha kimnidir taniyman, siz ham taniysiz.. Kim ekan deb xayron bõlyapsizmi? Bu SIZSIZ! Ha, Ha! Aynan siz!  Shu xabarni õqiyotgan INSON! • BAXTNI ÕZINGIZ YARATASIZ! • Siz Baxtsiz! • Sizni borligingiz Baxt! • Sizni tabassumingizdan, shirin nafasingizdan, beğubor...

MUBORAK QADR KECHASI

MUBORAK QADR KECHASI Azizlar, bugun 25 may, shanba, Ramazon oyi ohirgi o'n kunligining birinchi toq, ya'ni 21-kechasidir.  Shu bugungi toq kechadan boshlab qolgan toq kechalari xam shom namozidan bomdod namoziga qadar biz, mo'min-musulmonlar imkon qadar bedor bo'lib, ibodat bilan shug'ullanishimiz zarur. Qadr kechasi Ramazon oyi ohirgi o'n...

Dunyodagi eng baland 5 ta ko’prik

Dunyodagi barcha ko'priklar imkoniyatlari va belgilangan joyiga qarab bir nechta toifalarga bo'linadi. Biroq, barcha toifalar orasida eng baland va eng uzun ko’priklar ham bor......

Barchaning ermagi bo’lgan pista haqida g’aroyib faktlar

Ko’pchilik odamlarning ermagi bo’lmish pista va uning foydali xususiyatlari haqida gapirib o’tamiz. Oxirida esa uning zararli tomonlarini ham eslatib o’tamiz....

Yaltiroq yonoqlardan xalos bo'lish va yuzning shaklini o'zgartirish uchun 8 ta mashq

Mashg'ulot haqida gap ketganda, biz kamdan-kam hollarda yuzni eslaymiz. Yonoq, tananing har qanday boshqa qismi singari, mashqlarni bajarish uchun jismoniy mashqlar kerak. Garchi genetika bizning tashqi qiyofamizga sezilarli ta'sir ko'rsatsa va siz Anjelina Jolining o'tkir yonoqlari bor-yo'qligini oldindan aniqlasangiz ham, yuz mushaklarini...

To’lachadan kelgan ayollar uchun imidj yaratish borasidagi 11 qoida

Tabiat qaysidiy ayolni hiyol to’laroq qomat bilan siylagan bo’lsa ranjishga sira ham hojat yoq. Libos rangi, bichimi va obraz yaratishda nimalarga e’tibor berish kerakligini bilish orqali, qoyilmaqom ko’rinish mumkin....

Bill Geytsning bolaligi tog’risida qiziqarli 8 fakt

1975 yilda Bill Geyts Microsoftga asos solib, bu butun dunyoga katta ta'sir ko'rsatdi. Geyts sayyoradagi eng boy va eng obro'li odamlardan biri bo'lib, xayriya ishlariga ehson qilish bo'yicha rekord o'rnatmoqda. Biz sizni afsonaviy shaxsning bolaligi haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishib chiqishga taklif qilamiz....

Behi mevasining foydali hususiyatlari hamda kosmetologiyadagi o’rni haqida

Mavsumiy mevalardan biri bo’lgan behini barchamiz sevib iste’mol qilamiz. Undan tayyorlanadigan murabboyu, sharbatlar qishda zaiflashgan organizm uchun darmondori bo’lishi ham rost. Ushbu ajoyib mevadan xalq tabobati va kosmetologiyadan ham foydalanish mumkin....

Kichkintoylar haqidagi qiziqarli faktlar

Bolalar hayotimizni aytib bo'lmaydigan darajada zavq-u shavqqa to’ldirishadi. Ularsiz hayotni tassavur qilib bo’lmaydi. Birgina tabassumi bilan hayotimizni nurga to’ldirishga qodir ushbu mittivoylar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni sizga taqdim etish istagidamiz. Marhamat ular bilan tanishing!......

Fikr qo'shish