Uydan chiqmay turib xorijiy til o‘rganish uchun zarur tavsiyalar

Uydan chiqmay turib xorijiy til o‘rganish uchun zarur tavsiyalar
Uydan chiqmay turib xorijiy til o‘rganish uchun zarur tavsiyalar


Ayni vaqtlari karantin sharoitida vaqtingizni samarali va foydali usulda sarflash fikriga qanday qaraysiz? Buning uchun chet tillarining birini tanlab olish va uni o‘rganishga kirishishni tavsiya etamiz.

Tan olish kerakki, aksariyat insonlar xorijiy tillarni yaxshi bilsalar ham, og‘zaki so‘zlashuvda anchagina ortda qolishadi. Til grammatikasini mukammal darajada bilishingiz mumkin, ammo mazkur tilda suhbatlashish davomida ko‘plab muammolarga duch kelishingiz bejizga emas. Xorijiy tilda hech bir muammosiz so‘zlashish va bu ishni uydan tashqari chiqmagan holatda amalga oshirish mumkin, buning uchun quyidagi tavsiyalar sizga qo‘l keladi.
1. Shu tilda so‘zlashuvchi odamni toping
Internet olamida dunyoning turli burchaklarida yashovchi insonlar bilan tanishish imkoniga egasiz. O‘zingizga kerakli va qulay bo‘lgan ilovani yuklab olgancha, o‘rganmoqchi bo‘lgan tilingizda so‘zlashuvchi inson bilan do‘stlashing. Yangi do‘stingiz bilan imkon qadar ko‘proq suhbat qurgancha xatolaringiz ustida ishlashni ham o‘rganasiz.

2. Audioxabar yozamiz
Ba’zi murakkab so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmay qiynalasizmi? Unday bo‘lsa telefon orqali audioxabarlar yozib oling va ularni bir necha bor qaytadan tinglang. Eng muhimi, xatolardan qo‘rqmasangiz bas!
3. Audiokitoblar tinglang
Audiokitoblar tinglash ham og‘zaki nuqtni rivojlantirishdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Kitobni tinglash davomida so‘zlarning qay usulda talaffuz qilinishiga e’tibor bering.
4. O‘zingiz bilan gaplashing
Vaqti-vaqti bilan xorijiy tilda kuningiz qanday o‘tgani haqida o‘zingizga so‘zlab bering, turli matnlarni bor ovozingizni chiqarib, o‘qishga harakat qilib ko‘ring.
5. So‘z yodlang
Lug‘at boyligi har qanday tilni o‘rganishdagi birlamchi omillardan hisoblanadi. Shu sababli yangi so‘zlarni o‘rganib, ularni imkon qadar to'liq jumlalar bilan qo‘llashga harakat qiling.
6. Sheva, jumla, maqol va iboralar...
Bu xorijiy tilni o‘rganishdagi yana bir muhim jihat ekanligini unutmang. Turli maqollar, iboralar, shevaning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganib olish orqali, nuqtingizning qiziqarli bo‘lishiga erisha olasiz. 
7. Filmlar tomoshasi
Ba’zan xorijiy tilda musiqa tinglash, ba’zan esa film tomosha qilish ham uni o‘rganish uchun katta yordam beradi. Balki filmdagi so‘zlarning teng yarmini tushunmassiz, biroq ularning qanday talaffuz qilinishi asta-sekin siz uchun odatiy holatga aylanadi.

Oshxonada qo’l kelishi mumkin bo’lgan kichik ayyorliklar

Uyga tashrif buyurgan mehmon sizni qay darajada ozodaligingini oshxonangizga qarab bemalol bilib olishi va sizga baho berishi mumkin. Bu borada bekalar uchun beriladigan bir nechta foydali maslahatlar zarar qilmaydi. Marhamat ular bilan tanishing!......

Chapaqay insonlar haqida ko’pchillikka noma’lum bo’lgan qiziqarli ma’lumotlar

Nega insonlarning ko’pchilik qismini o’naqay, juda kam qismini esa chapaqaylar tashkil etadi? Hatto olimlar ham bu savolga javob topa olishmadi. Biroq, ular bu xususiyat tabiatdan o'ziga xos sovg'a ekanligiga aminlar. To'g'ri, olimlar biron bir sababga ko'ra bunday sovg'ani qanday qilib meros qilib olish haqida bilishmaydi. Agar ota-onalardan biri...

Boy bo’lishning 20 ta oltin qoidasi

Hayotimiz davomida omadli insonlarni ko’p uchratamiz va ularning muvaffaqiyatiga havas bilan qaraymiz. Bunday paytlarda hayolingizga “Qani edi, men ham shu insonga o’xshasam” degan fikr kelishi shubhasiz. Ammo bu kabi muvaffaqiyatga erishish uchun nimalar qilish kerak ekanligini bilamizmi? Bugun sizga hayotda yuksak cho’qqilarni zabt etgan va...

Atrofdagilarning ko’ngliga yo’l topishda ahamiyatli bo’lgan 6 ta jihat

Har bir inson shaxsiy rivojlanishi va atrofdagilar bilan til topishishda muhim bo'lgan jihatlar mavjud. Quyida ulardan bir nechtasini sizga havola etamiz....

Kichkintoylar haqidagi qiziqarli faktlar

Bolalar hayotimizni aytib bo'lmaydigan darajada zavq-u shavqqa to’ldirishadi. Ularsiz hayotni tassavur qilib bo’lmaydi. Birgina tabassumi bilan hayotimizni nurga to’ldirishga qodir ushbu mittivoylar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni sizga taqdim etish istagidamiz. Marhamat ular bilan tanishing!......

Turli xil qisqagina qiziqarli faktlar

Bugungi maqolamizda har sohaga oid bo’lgan faktlardan bir qanchasini e’tiboringizga havola etamiz......

Dunyodagi eng qimmat idishlar

Idishlarning sifati va nafisligi qadimgi zamonlardan beri egalarining mehmondo'stligi va didliligini tavsiflaydi. Iqtidorli dizaynerlar tomonidan yaratilgan mahsulotlar har qanday mexmonxona yoki ovqatlanish xonasini bezatishi aniq. Dunyo miqyosidagi eng yaxshi usta asarlari ko'pincha qimmat va noyob mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Shu kabi...

Dunyodagi mashhur va eng qimmat ko'zoynaklar

Ko'zoynaklar zamonaviy inson qiyofasining to’ldiruvchi so’nggi qismiga aylanishi mumkin bo'lgan muhim aksessuardir. Ushbu maqolada siz uchun eng noodatiy ko'zoynak modellarini to'pladik. Marhamat ular bilan tarnishing!...

Arxitektorlarning xatolari

Me'morlar juda murakkab muammolarni hal qilishadi. Me'morning ishidagi har qanday xato ob'ekt qurilganda aniq bo'ladi. Arxitektura xatolarining yorqin misollarini ushbu maqolamizdagi suratlarda ko’rishingiz mumkin. Suratlarga boqib ikki fikr hayolingizga kelishi tabiiy: birinchisi arxitektorlar juda hazilkash, kkinchisi ushbu kasb ular uchun emas....

Mashhur milliarderlardan biri Mark Sukerbergning muvaffaqiyati, sevgi qissasi va oilasi haqida qiziqarli ma’lumotlar

Bugungi maqolamizda dunyoning eng mashxur milliarderlaridan biri “Facebook” ijtimoiy tarmog’i asoschisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Pristilla Chanlarning muhabbati tarixi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarimizni siz bilan o’rtoqlashamiz!...

Fikr qo'shish