Nochor insonlarning boy bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar

Nochor insonlarning boy bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar
Nochor insonlarning boy bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar


Ruhshunoslar boy va nochor holatdagi odamlarning fikrlash tarzi hamda hayotiy prinsiplari o‘rtasida juda katta farq bor ekanligi haqida aytishadi. Nochor insonlarning boyib ketishlariga to‘sqinlik qiladigan odatlar va hayotiy prinsiplar aynan nimalardan iborat?

Maishiy texnika sotib olasiz, ammo ta’lim haqida o‘ylamaysiz
Qulaylik haqida orzu qiluvchi har bir inson aynan shunday yo‘l tutishi aniq. Ammo, dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bir vaqtda bilim hamda ko‘nikma jihatidan ham ortda qolayotganingizni hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Balki bu oy pulingizni yangi maishiy texnika sotib olish uchun emas, malakangizni oshirish uchun sarf etarsiz? Badavlat insonlar o‘z farzandlariga qimmatbaho mashina olib berishni emas, uni turli to‘garaklarga jalb qilishni afzalroq bilishadi.
Qimmatbaho libos hamda aksessuarlar orqali yoqimli taassurot qoldirishga harakat qilasiz

Taniqli brenddan olingan soat, qimmatbaho aksessuarlar, libosdagi mashxur firma yorlig‘ini namoyish qilishga urinish - boy inson kabi taassurot uyg‘otishni istaydigan odamlar ishi. Misol uchun, Alibaba Group asoschsi, milliarder Jek Ma hech qachon soat taqib yurmaydi. U vaqtni smartfon orqali ham aniqlash mumkinligi, strelkali soatlar allaqachon o‘tmishning bir qismiga aylanib qolganini ta’kidlaydi.
Minnatdor bo‘lishni bilmaysiz
Badavlat va oliy darajada tarbiya ko‘rgan insonlar hech qachon do‘kondagi sotuvchi, qahvaxonadagi xizmatchiga past nazar bilan qaramaydi, farroshga nisbatan ham yuksak darajadagi hurmat bilan muomala qiladi. U barcha nisbatan birdek munosabatda, doim jilmayib turadi va yuksak ahloqi bilan boshqalarga ham namuna bo‘la oladi.
Bekorchi gaplar bilan vaqt o‘tkazasiz
Haqiqatan badavlat odamlar hamisha kam gapirib, ko‘proq ish qilishga intiladilar. Ular har ikki gapning birida boyligi bilan barchaga maqtanmaydi, Istagram orqali yangi olgan mashinasi yoki sotib olgan kiyimlarini maqtanib o‘tirishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. U barcha rejalarni sukut bilan amalga oshiradi, bekorchi gaplar uchun ortiqcha vaqt sarflamaydi.
Zamonaviy gadjetlarga mukkasidan ketgansiz
Ijtimoiy nufuzingizni boshqalarga namoyish qilish uchun qo‘lingizda so‘nggi rusumli telefon bo‘lishi shart emas. To‘g‘risini aytganda, bu kabi vositalar faqatgina ortiqcha pul sarflashga sabab bo‘ladi holos. Ana shu pulni biznesingizni rivojlantirish uchun sarf etishingiz ham mumkin-ku!

Wi-Fi nimasi bilan xavfli?

Internetga ulanish uchun foydalanadigan simsiz Wi-Fi tarmog'i bugungi kunda deyarli hamma joyda qo'llanilmoqda. Biroq, kam sonli odamlar Wi-Fi uskunalarini o’rnatuvchi xizmat xodimlarining sog'liqqa yetkazilgan zararni minimallashtirish bo'yicha aniq ko'rsatmalarga ega ekanligini bilishadi....

Kuch-quvvat bag’ishlashga qodir 14ta foydali mahsulot

Bizning kuch qudratimiz yegan taomlarimizga bevosita bog’liq. Tanlagan maxsulotlarimiz bga’zan bizning quvvatimizni oshirsa, ba’zan tushiradi. Quyida umumiy holatimiz va sog’lig’imizni himoya qiluvchi kuch-quvvatga boy mahsulotlar ro’yhati keltirilgan......

Top-10: Dunyodagi eng baland daraxtlar

Bugun biz sizga eng baland daraxtlar haqida gapirmoqchmiz!...

Muzdan ilhom - qiziqarli muz shakllanishining 23 ta fotosurati

Er yuzining ko'p joylarida qish sovuq, qorli va ma'yus bo'ladi, shuning uchun ko'p odamlar yilning bu vaqtini eng kam yoqtiradilar. Ammo qishda uning barcha muammolariga mos keladigan narsa bor - agar siz ushbu yozuvni o'qiyotgan bo'lsangiz, demak, kimdir bu maqolani vatanda.com saytidan olgan, bu ajoyib go'zallik! Qish aqldan ozgan rassomga...

Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar

Dunyoda juda ko'p millatlar mavjud va ularning barchasi turli tillarda gapirishadi. Bundan tashqari, bitta mamlakat ichida o'nlab va hatto yuzlab turli millatliodamlar bor, shuning uchun mahalliy aholi qo'shnilari bilan aloqa qilish uchun birdaniga bir nechta tillarni bilishi kerak. Tillar ham bir joyda to'xtamaydi, juda tez rivojlanadi. Ushbu...

Atrofimizdagi yoqimli “dushman”lar yoki salomatlikka salbiy ta’sir etuvchi zamonaviy texnika vositalari

Uzoq davom etadigan toliqish, surunkali charchash, ertalabdan boshlab qiynaydigan bosh og’rig’i, holsizlanish kabi alomatlar uyda to’lib-toshgan elektr jihozlar (muzlatgich, televizor kabilar) tomonidan hosil bo’ladigan elektromagnit nurlanish oqibatida yuzaga keladi. Bu nurlanish organizmning himoya vositalarini keskin pasaytirib asab-ruhiy...

Tatib ko’rishga arziydigan dunyodagi eng mazali pishloqlar

Pishloq butun dunyo bo'ylab ko'plab odamlarning fikrlarini zabt etishga ulgurdi. Taom bilanmi yoki alohida bo’lsin, pishloq - bu inson qo'li bilan ixtiro qilgan ajoyib yegulik ekanligini tan olmay ilojimiz yo’q! Quyida eng totli pishloqlarning 10 taligini keltirib o’tganmiz. Marhamat, ular bilan tanishing!...

Ro'mol o'rash usullari - zamonaviy va mashhur uslublar, foto va video

Ro’mol o’rashning ko’plab usullari mavjud. Ularning har biri muayyan toifadagi ayollar uchun mos keladi. Sochlari yopiq bo’lgan xotin-qizlar sirli, odobli ko’rinadi, o’ziga ortiqcha e’tibor tortmaydi. Quyida eng chiroyli va mashhur uslublar haqida....

Atrofdagilarning ko’ngliga yo’l topishda ahamiyatli bo’lgan 6 ta jihat

Har bir inson shaxsiy rivojlanishi va atrofdagilar bilan til topishishda muhim bo'lgan jihatlar mavjud. Quyida ulardan bir nechtasini sizga havola etamiz....

DO'STLIKNING 30 TA XAQQI.

DO'STLIKNING 30 TA XAQQI. 1. Yanglishsa kechiradi; 2. Kuz yoshiga raxm qiladi, 3. Sirini yashiradi. 4. Uzrini qabul kiladi....

Fikr qo'shish