SSSR vaqtida trendda bo‘lgan va bugungi kunga kelib urfdan chiqqan tushunchalar reytingi

SSSR vaqtida trendda bo‘lgan va bugungi kunga kelib urfdan chiqqan tushunchalar reytingi
SSSR vaqtida trendda bo‘lgan va bugungi kunga kelib urfdan chiqqan tushunchalar reytingi


Kechagina barchaning orzusi bo‘lgan ma’lum bir buyum bugungi kunga kelib urfdan chiqqan tushunchaga aylanib qolishi hech gap emas. So‘zimizning isbotini sizga keltirib berish uchun ushbu maqolaga diqqat qilishni tavsiya etamiz. Uni SSSR davrlarida yashab ko‘rgan odamlar juda yaxshi tushunsalar kerak.

Tilla tishlar
O‘z vaqtida og‘izni to‘ldirib turgan tilla tishlar odamlar uchun boylik hamda hashamat timsoli bo‘lgan. Ammo, ushbu tushunchani bugungi kunga kelib mutlaqo urfdan qolgan deb ham bo‘lmaydi, aslida. Rep ijrochilaring aksariyat qismi tilla tishlar mavzusiga hozirgi vaqtga qadar murojaat qilishadi. 
Garnitura
Ruminiya, Vengriya, Moldava garnituralari o‘z vaqtida qanchalar talabgir bo‘lganini eslay olasizmi? Ularni bugungi kunda ham ayrim insonlar uyida hamon uchratish mumkin. Bu turdagi mebellar xonaning bir tomonidagi devorni to‘liq qoplab turgan, unga ko‘p sonli billur idish hamda kitoblar terib qo‘yilgan.

Billur
Bugungi kunga kelib billur buyumlar qadri anchagina tushib ketgani bor gap. O‘z vaqtida bu turdagi buyumlar ayollarning maqtanishga arziydigan "boyligi" hisoblangan. Ularni ulkan uy jihozi ichiga chiroyli ko‘rinishda terib qo‘yishgan.
Uy telefoni
O‘z vaqtida qo‘shnilar uyingizga qo‘ng‘iroq qilib olish uchun tashrif buyurganlari haqida eslay olasizmi? Uy telefonlari odatda nufuzli insonlardagina mavjud bo‘lardi. Boshqalar esa yaqin insonlariga qo‘ng‘iroq qilib olish uchun qo‘shnilar telefonidan foydalanishgan.
Mo‘ynali qalpoq va yoqa
Mo‘ynali qalpoq va libosning yoqa qismi o‘z vaqtida ayollar uchun hashamat hamda boylik timsoli hisoblangan. Bunday libos harid qilish barcha ayollarning orzusi bo‘lgan desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Serviz
SSSR davrida to‘y va shu kabi muhim hodisalar uchun mehmonlar tomonidan taqdim etiladigan eng hashamatli sovg‘alardan biri servizlar bo‘lgan. Bu turdagi servizlar ham yillar davomida javon ichida yasatilgan holatda turgan va faqatgina muhim hodisalar vaqtida "tashqariga chiqqan".
Bolalar aravachasi
Ushbu buyumni harid qilish ham o‘sha davrlarning asosiy muammolaridan biri edi. Ayrimlar uni ijaraga berish punktlaridan olib ishlatgan bo‘lsalar, bunday baxtga muyassar bo‘la olmagan ayollar farzandlarini qo‘lda ko‘tarib yurishga majbur bo‘lishgan. Bolalar aravachasi ma’lum do‘konlardagina sotilgan va uni sotib olishga ham barchaning cho‘ntagi dosh bera olmagan.

Omadli shaxslar va muvaffaqiyatli insonlar kunlarini qanday tashkillashtirishadi? Kun tartibini tuzishda milliarderlar qo’llagan usullar

Biz omadli insonlar va milliarderlardan ilhom olamiz. Nima uchun ular boshqalarga qaraganda muvaffaqiyatliroq? Nega ular biz bir haftada erisha olishimiz mushkul bo’lgan vazifalarni bir ondayoq bajara olishadi? Quyida muvaffaqiyatli odamlar o'z kunlarini qanday tashkil qilishlari haqida qisqacha keltirib o’tdik!......

Usmoniylar imperiyasi. Sulaymon I: biografiya

Usmoniylar imperiyasining o’ninchi sultoni bo’lmish Sulaymon I saltanatini misli ko’rilmagan qudratga ega bo’lishini ta’minladi. Buyuk sarkarda shuningdek, oqilona qonunlar muallifi, yangi maktablar asoschisi va me’moriy obidalar qurilishining tashabbuskori sifatida ham tanilgan......

14 ta faktlar Jirafalar haqida kam ma'lum bo'lgan siz bilgan va bilmagan

Bugungi maqolamiz orqali uzunbo’yinli jonivorlar haqida ko’pchilik eshitmagan g’aroyib faktlarni keltirib o’tamiz....

Nochor insonlarning boy bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar

Ruhshunoslar boy va nochor holatdagi odamlarning fikrlash tarzi hamda hayotiy prinsiplari o‘rtasida juda katta farq bor ekanligi haqida aytishadi. Nochor insonlarning boyib ketishlariga to‘sqinlik qiladigan odatlar va hayotiy prinsiplar aynan nimalardan iborat?......

Dunyodagi eng qimmat idishlar

Idishlarning sifati va nafisligi qadimgi zamonlardan beri egalarining mehmondo'stligi va didliligini tavsiflaydi. Iqtidorli dizaynerlar tomonidan yaratilgan mahsulotlar har qanday mexmonxona yoki ovqatlanish xonasini bezatishi aniq. Dunyo miqyosidagi eng yaxshi usta asarlari ko'pincha qimmat va noyob mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Shu kabi...

Multfilmlar haqida qiziqarli ma'lumotlar

Shunday qilib ushbu maqolamizda, taniqli multfilmlarni tomosha qilish uchun sizni ilhomlantiradigan ba'zi qiziqarli voqealarni topdik: kim biladi, ehtimol siz ham yaratuvchilarning yashirin sirlarini topa olarsiz?......

Arxitektorlarning xatolari

Me'morlar juda murakkab muammolarni hal qilishadi. Me'morning ishidagi har qanday xato ob'ekt qurilganda aniq bo'ladi. Arxitektura xatolarining yorqin misollarini ushbu maqolamizdagi suratlarda ko’rishingiz mumkin. Suratlarga boqib ikki fikr hayolingizga kelishi tabiiy: birinchisi arxitektorlar juda hazilkash, kkinchisi ushbu kasb ular uchun emas....

Poyabzal haqida qiziqarli faktlar

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, ko'pchilik, hech bo'lmaganda ayollar, erkak bilan uchrashganda avvalo poyabzalga e'tibor berishadi, agar erkak o'z poyabzaliga g'amxo'rlik qilsa va muntazam ravishda tozalasa, u holda sherigining oldida uning imkoniyatlari ikki baravar ko'payadi. Bizning bugungi maqolamiz poyabzal haqidagi qiziqarli ma'lumotlarga...

Ro’zg’orda asqotuvchi 7 tavsiya

Har bir ayolning uy tozaligi borasida o’z sir asrorlari bor. Ammo bunday “mahorat”ga ega emaslar ham bor. Quyidagi tavsiyalarimiz sizga uy sarishtaligida qo’l kelishiga aminmiz....

Taniqli psixolog Mixail Litvakdan hayotiy masalalarni hal etishda asqotadigan 8 ta maslaxat

Atrofdagilar bilan munosabatda bo’lish insondan muayyan ko’nikma talab etadi. Nima ham derdik, ba’zida hatto o’z ko’nglimizga yo’l topish ham qiyin kechadi-ku, bunisini qo’yavering. Taniqli psixolog, psixoterapevt Mixail Litvakning hayotiy masalalarni hal etishda asqotadigan 8 ta maslaxatni e’tiboringizga havola etar ekanmiz, atrofdagilar bilan...

Fikr qo'shish