Xurshid Rasulov - Asragil

Xurshid Rasulov - Asragil
Xurshid Rasulov - Asragil

Xurshid Rasulov - Asragil Текст песни


Bosh egdim yolvorib, bosh panoh o‘zing,
Bugun holimizdan chin ogoh o‘zing.
18 ming olamga podishoh o‘zing,
Bandalaring bordur iymonlari sog‘,
Shafqat qil, olamni asragil, Alloh.

Shaytonga ustozlik qilguvchi ham bor,
O‘zini sendan zo‘r bilguvchi ham bor,
Yig‘lagan oshiqdan kulguvchi ham bor,
Shularning jaddiga qo‘yma bizni, oh,
Oh, hoji onamni asragil, Alloh.

Muxaddislar yurti, qadamjo haqqi,
Iymonboylar qilgan pok duo haqqi,
Habibing Muhammad Mustafo haqqi,
Har sahar tiriklik chirog‘ini yoq,
Joynamoz dalamni asragil, Alloh.

Asragil, asragil, asragil Alloh,
Shafqat qil, olamni asragil, Alloh.
Asragil, asragil, asragil Alloh,

Oh, hoji onamni asragil, Alloh.

Tasbehdek teribsan sayyoralarni,
Quyosh atrofida parvonalarni.
Mehringdan ayirma devonalarni,
Kaftimdagi shamni asragil, Alloh,
Begunoh bolamni asragil, Alloh.

Yo‘lingdan ozganlar bir kun qayturlar,
Istig‘for ayturlar, tavba ayturlar.
Qoraygan yuzlarga bergaysan nurlar,
Tavba eshiklaring ochiq va mushtoq,
Do‘stimni, og‘amni asragil, Alloh.

Muxaddislar yurti, qadamjo haqqi,
Iymonboylar qilgan pok duo haqqi,
Habibing Muhammad Mustafo haqqi,
Har sahar tiriklik chirog‘ini yoq,
Joynamoz dalamni asragil, Alloh.

Asragil, asragil, asragil Alloh,
Begunoh bolamni asragil, Alloh.
Asragil, asragil, asragil Alloh,
Do‘stimni, og‘amni asragil, Alloh.

Rasulning hadisin so‘ylaydi otam,
Har nafasda isming qo‘ymaydi otam,
Qiyomat kuningni o‘ylaydi otam,
Hikmatda hotamni asragil, Alloh,
Duogo‘y otamni asragil, Alloh.

Rahmon o‘zing yana qahhor ham o‘zing,
Mushfuq o‘zingsanu, jabbor ham o‘zing,
Robbim deganlarga g‘affor ham o‘zing,
Kechirgil Iqbolni, qulingni billoh,
Bechora odamni kechirgin, Alloh,
Ohbani odamni kechirgin, Alloh.

Asragil, asragil, asragil Alloh,
Duogo‘y otamni asragil, Alloh.
Asragil, asragil, asragil Alloh,
Ohbani odamni asragil, Alloh.

Asragil, asragil, asragil Alloh,
Joynamoz dalamni asragil, Alloh.

Faxriddin Umarov - Gul yuzing

Gul yuzing ul balqigan, dil etdi shod, Shu’lasi yondirdi bag`rim, dil kabob. Ko`p qiyos etdim jamoling safsarin, {x2} Unda nur sochgan jahonga oftob....

Jasur Umirov - Erkatoy

Ey, sevgilim mani yuragimni ezvording,  Rozi bo’lmas ekansan, obro’yimni to’kvording.  Jon-jonimdan o’tdi qiynoqlaring sani,  Jon-jonimga tegdi erkaliging sani. (x2)...

Yulduz Usmonova - Daydi yorim

Daydi yorim bor mani, Unga dilim zor mani. Yonimda yurgan payti-yey Har kunim bahor mani. (x2)...

Jasur Mirsagatov - Yor-yor

Shirin nozlaringdan, oh meni yorim, Omon-omon bo’l ey mehribonim. Shirin so’zlaringdan, oh meni yorim, Omon-omon bo’l yonimda doim....

Shahzoda - Arman

Тәй-тәй, баса бер балапан, Әнім, арналады саған. Жаным, кішкентай балапан, Есімің болсын aрман....

Kamoliddin Rahmatov - Kecha

Xo`b ajoyib dam edi yonimda yor o`lg`on kecha, Toleim, baxtim kulib, dil lolazor o`lg`on kecha. Shodligim ko`ksimga sig`mas bu yurak o`ynog`idan, Fosh o`lib pinhona ishqim, oshkor o`lg`on kecha....

Imron - Qizim

Jajji qizim, jonajon qizim, Xudo bergan mehribon qizim. Ota-onang baxti uchun ham Omon bo‘lgin, onajon qizim. Ota-onang mehri uchun ham Omon bo‘lgin, onajon qizim....

Jo'rabek - O’sha bolaman

(Yeah, ha-ha, what’s up? You’ll get up. Ha-ha, woah.) Men o`sha bahor chog`i, Ochilgan gullar ichra,...

Xamdam Sobirov - Sevgisi arzonim

Yomg`ir yog`averdi seni, seni, seni eslatib, Seni eslatib. Taqdir sinayverdi meni, meni, meni dilim og`ritib, Ko`nglim og`ritib....

Ozodbek Nazarbekov - Gulbahorim

(Oq nahorim… Gulbahorim…) Ko’nglim mulki dilda borim, Oq nahorim, Senla mening baxtim butun, Gulbahorim. (x2)...

Fikr qo'shish