Ozodbek Nazarbekov - Go’zal hayot


Ozodbek Nazarbekov - Go’zal hayot Текст песни
Tashvish kelsa, birdam bir dona xalqmiz,
Haq deb yashar, fe’li durdona xalqmiz.
Ey yurtdoshlar, qadni mag‘rur tutaylik,
Zahmatlarni yenggan mardona xalqmiz.
O‘tar bu kun yomon tushga aylanib,
Qolmas sira bahor qishga aylanib.
Birlashaylik ko‘rinmas yovga qarshi,
To‘marisu Alpomishga aylanib.
Go‘zal hayot davom etmog‘i uchun,
Yurt otasin elga da’vati bugun.
Azizlarim, bizdan temir intizom,
Shunda aslo tonglarimiz bo‘lmas shom.
Go‘zal hayot, go‘zal hayot,
Go‘zal hayot davom etmog‘i uchun.
Sabru sabot, sabru sabot,
Sabot bilan ko‘rsating xalqning kuchin.
Muruvvatlar, sahovatlar ko‘paydi.
Xasta jonlar tuzalmoqda kun sayin,
Umidbaxsh, zo‘r jasoratlar ko‘paydi.
Sabr kuchin ko‘rsating uyda qolib,
Bu dardlardan shunda bo‘lgaymiz g‘olib.
Mehnatdadir shifokorlar tunu-kun,
Yurtboshining mehridan quvvat olib.
Mehnatdadir qahramonlar tunu-kun,
Yurtboshining mehridan quvvat olib.
Go‘zal hayot, go‘zal hayot,
Go‘zal hayot davom etmog‘i uchun.
Sabru sabot, sabru sabot,
Sabot bilan ko‘rsating xalqning kuchin.
Qutlug‘ yo‘llar yorug‘ manzilga boshlar,
Ajdodlardan me’ros buyuk bardoshlar.
Bir musht bo‘lib bitta maqsad yo‘lida,
Irodamiz ko‘rsataylik, yurtdoshlar.
Sinovlardan faqat nodon qochgaydir,
Dono hikmat eshiklarin ochgaydir.
Asl mard el og‘ir kunda sinalgay,
Mardga Alloh rahmat nurin sochgaydir.
Duo qilar tinmay ota-onalar,
Bu kun rostga aylandi afsonalar.
Tez kunda qad rostlar ayting qay yurtda
Biznikiday ulkan shifoxonalar?
Go‘zal hayot davom etmog‘i uchun,
Yurt otasin elga da’vati bugun.
Azizlarim, bizdan temir intizom,
Shunda aslo tonglarimiz bo‘lmas shom.
Go‘zal hayot, go‘zal hayot,
Go‘zal hayot davom etmog‘i uchun.
Sabru sabot, sabru sabot,
Sabot bilan ko‘rsating xalqning kuchin. (x2)