Akbarali Ochilov - Yig’latdim
Akbarali Ochilov - Yig’latdim Текст песни
Xayr, senga aytdim shu sovuq so‘zni,
Xayr, deb yig‘latdim sen – qorako‘zni.
Qolding xotiramda umrbod munglig‘,
Seni yig‘latmadim, yig‘latdim o‘zni. (x1+x1)
Qolding xotiramda umrbod munglig‘,
Seni yig‘latmadim, yig‘latdim o‘zni.
Netay, odamzodga aql bitmasa,
Toshga borib tegmaguncha bosh?
Ishq uchun yurakning o‘zi yetmasa,
Vaqt ham topilar, balki bardosh ham,
Huzuringga balki bir kun qayturman.
Salom, degan so‘zni qay yuz-la u dam,
Xayrdan so‘ng senga yana ayturman?
Salom, degan so‘zni qay yuz-la u dam,
Xayrdan so‘ng senga yana ayturman?
Netay, odamzodga aql bitmasa,
Toshga borib tegmaguncha bosh?
Ishq uchun yurakning o‘zi yetmasa,
Vaqt kerak bo‘lsa va yana bardosh? {x2}
Aytilgan so‘z, axir, otilgan o‘qdir,
Sevgimiz ko‘ksiga sanchildi shu o‘q.
Bu yorug‘ jahonda senga baxt yo‘qdir,
Menga ham dunyoning dunyoligi yo‘q. (x1+x1)
Xayr, senga aytdim shu sovuq so‘zni,
Xayr, deb yig‘latdim sen – qorako‘zni.
So‘z boshqa, yurakda yongan dard boshqa,
Seni yig‘latmadim, yig‘latdim o‘zni.