Vohidjon Isoqov - Xalqim sizlardan xavotirdaman
Vohidjon Isoqov - Xalqim sizlardan xavotirdaman Текст песни
Qanday paydo bo‘ldi, tibbiyot ham lol,
Qachon yo‘qoladi – qiynaydi savol. (x2)
Bu darddan hech kimsa topmasin zavol,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman. {x2}
Ko‘zing yumgan bilan kelmaskan uyqu,
Mas’uliyat eng kuchli, eng kuchli tuyg‘u.
Ko‘payib ketmasin deb bu yovuz og‘u,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman. {x2}
Maktabga bormagan bolalarim ko‘p,
Qaniydi birma-bir o‘ynay olsam to‘p,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman. {x2}
Yoshi ulug‘ bobo, momolarim bor,
Ularsiz men uchun keng dunyolar tor.
Ollohim qo‘llagin, qilma bizni xor,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman. {x2}
Necha kundan buyon ko‘nglimiz xira,
O‘zlarin o‘ylaydi demangiz sira.
Ollohdan beamr kirmaydi sira,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman. {x2}
Ollohdan sizlarni deb sog‘lik so‘rayman,
Kerak bo‘lsa agar, gulga o‘rayman.
Jonim kerak bo‘lsa, jonim beray man,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman. {x2}
Kelinglar, birlashib dengiz bo‘linglar,
G‘aflat uyqusidan keng uyg‘oninglar.
Men uchun, men uchun uyda qolinglar,
Xalqim, sizlarni deb xavotirdaman.