Renat Sobirov - Bevafoginam
Renat Sobirov - Bevafoginam Текст песни
Menga qarab kulardi, sevishimni bilardi,
Hamma havas qilardi, mening bevafoginam.
Erkalanib turardi, kulib jonim olardi,
Yurakka dard solardi, mening bevafoginam.
Hayotimda ma’nolar qolmadi,
Nahot, hammasi yolg‘onmidi,
Bevafoginam, bedavoginam? (x2)
Endi begonalardek, hech qachon sevmagandek,
Hech narsa bo‘lmagandek ketding, bevafoginam.
Savollarim javobsiz, hayotimni ma’nosiz,
Qoldirding meni yolg‘iz, mening bevafoginam.
Hayotimda ma’nolar qolmadi,
Yurakda mador qolmadi,
Nahot hammasi yolg‘onmidi,
Bevafoginam, bedavoginam? (x2)