Yulduz Usmonova - Majnuntol

Yulduz Usmonova - Majnuntol
Yulduz Usmonova - Majnuntol

Yulduz Usmonova - Majnuntol Текст песни


Ketolmay anhor bo‘yidan, kuyib muhabbat ko‘yida,
Suryabsan yana ne xayol, majnuntol?
Yoring yo‘q hanuz yoningda, ne dardu hasrat joningda?
Qalbing och menga bemalol, majnuntol.

Oshiqsan g‘arib, o‘zingsan tabib,
Hanuz yoningda yo‘q habib.
O‘tadi oylar, o‘tadi yillar,
Yashaysan kimni axtarib?


Ne xayol surasan, tokay jim turasan
Bir yerda, majnuntol, majnuntol?
Yashading shuncha payt, ne darding bo‘lsa ayt,
Sen menga, majnuntol, majnuntol.

Ko‘ngilga olma, bu dunyo barchaga birday bevafo,
Umringni etma ko‘p uvol, majnuntol.
Go‘zalliging ko‘r, oyga boq, poyingdan oqqan soyga boq,
Yashaganing baxtku halol, majnuntol.

Oshiqsan g‘arib, o‘zingsan tabib,
Hanuz yoningda yo‘q habib.
O‘tadi oylar, o‘tadi yillar,
Yashaysan kimni axtarib?
Ne xayol surasan, tokay jim turasan
Bir yerda, majnuntol, majnuntol?
Yashading shuncha payt, ne darding bo‘lsa ayt,
Sen menga, majnuntol, majnuntol. (x1+x1)

Yorqinxo'ja Umarov - Yoshlik

Oh, mani yoshligim, Beg`ubor beboshligim. Ko`chalarni changitib yurgan Oh, bu sho`x bola paytlarim....

Mohim - Yor bo’lay

Daraxtlardan barglar to’kilsa behol,  Seni jonim, sevganim kelmasin malol.  Bilaman men umrim o’tadi bekor,  Sensiz o’tgan qancha tunlarim bedor....

Alisher Zokirov - Aldama

Bir qiz meni “sevaman” deb aldaydi, “Sizdan o‘zga yo‘q”, deb meni bog‘laydi. Bilmam, ko‘ngli nima o‘zi xohlaydi? Bilsam, barcha yigitlarni aldaydi. (x2)...

Sevara - Otam

Suyangan tog`imsiz, ishongan bog`im, Sizlar bor – men uchun qayg`u begona. Biringiz quyoshim, biringiz oyim, Ikkingiz uchun bu ko`nglim ostona....

Oxunjon Madaliyev - Hayot emas u

Dunyo tashvishlarini yelkangdan olmasa gar, Yo`llaring davomida yangi yo`l solmasa gar, (x2) Eng so`nggi dam ortingdan zor yig`lab qolmasa gar, Farzandim bor demagil, farzand emas u. (x2)...

Ortiq Otajonov - Umr o’tar

Umr o’tar, vaqt o’tar, Xonlar o’tar, taxt o’tar, (x2) Omad o’tar, baxt o’tar, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan...

Sardor Toirov - Malikam

So`zimni o`xshatib so`zingga, Ko`zimni qaratib ko`zingga, O`zimni o`rgatib o`zingga, Ketasanmi, mendan kechasanmi?...

Jasur G'oipov - Bu yomg’irmas

Ko’zlaringda yosh bilarman nega,  Buning bariga aybdordirman.  Esgan bu shamol sochlaring silar,  Ko’z yoshlaringni o’zi bilan olib....

Sardor Tairov - Olislab

Eslatar seni menga Eslatadi sevgim menga Bahorlarda ochilgan Alvon alvon lolalar...

Feruza Jumaniyozova - Onajonimsiz

Hoyu-havaslardan charaqlab turmay, Ko’ngil ko’chasidan yaraqlab yurmay, (x2) O’z taqdir kitobin varaqlab ko’rmay, Bolasin o’ylagan onajonimsiz!...

Fikr qo'shish