Akbarali Ochilov - Binafshani sog’inib

Akbarali Ochilov - Binafshani sog’inib
Akbarali Ochilov - Binafshani sog’inib

Akbarali Ochilov - Binafshani sog’inib Текст песни


Binafshani sog‘indim-ey,
Ochilmaydi qatlari.
Muncha uzun poyonsizdir
Sovuq qishning hadlari?

Dovdir yellar keltiradi
Qishning achchiq zahrini,
Bahor uzra tinmay hamon
Ayoz to‘kar qahrini. (x2)

Bo‘zto‘rg‘aylar osmoniga
Qarg‘a-quzg‘un joylanmish,
Boychechagim qaylardadir

Zanjir bilan boylanmish.

Binafshaning mushtchalari
Tugilgani tugilgan,
Yelkasida kulrang osmon
Ipdek qaddi bukilgan. (x2)

O‘tgan yilning yaproqlari
Bog‘lar ichra chirindi,
Mening behad toza bog‘im
Bugun mungli ko‘rindi.

Xazon aro ko‘ksin yog‘ir
Maysalar nish urmasmi?
Kechga qolgan turnalarim
Arg‘imchog‘in qurmasmi?

Binafshani sog‘indim-ey,
Ochilmaydi qatlari.
Muncha uzun poyonsizdir
Sovuq qishning hadlari?

Gulga o‘rab o‘y-xayolni,
Chamanga burgim kelar.
Men sevganim u ayolni
Atlasda ko‘rgim kelar.

Men sevganim u ayolni
Atlasda ko‘rgim kelar. (x2)

Soldier - Osmonga ayt

Osmonga ayt, samoga ayt, U dardlaring tinglar, o‘-o‘o‘. Orzular dod solar, armonlar jazolar, Yorug‘lik istayman....

Dildora Niyozova - Ota-ona

Bugun yana bahorlarga yalindim,  Umr degan anhorlarga yalindim,  Soniya-yu misqollarga yalindim,  Tez qaritib qo’ymang otam-onamni deb....

Afruz guruhi - Dam bu dam

Qora ko`zim bor edi mani, Chindan mani sevar edi. Yulduz bo`lib chaqini-chaqini, Yonginamda yonar edi. (x2)...

Rayhon - Borliging

Bu mayin shamollar esganda, Har tomonda gullar o’sganda, Xayollarim, jonginam, Senga ketadi....

Bayon - Yashar orzu

Naqadar go`zalsan, ardog`im, Seni ko`rib quvonar ko`zlarim. Yuragimni birdan tark etar g`ubor, Yangi ko`klam kabi surating betakror....

Shohjahon Jo'rayev - Gulim

Gulim, ne qilayin ayro tushdi yo`lim? Hali imkon bor derdim-a, Seni oson boy berdim-a. Men notavon oshig`ingni kechirgin-a, gulim…...

Jasurbek Mavlonov va Alisher Zokirov - Chin do’st

[Jasurbek Mavlonov] Og‘ir kunda yoningda, Quvonchu-shodligingda, Ham boru ham yo‘g‘ingda Bir do‘sting bo‘lsin ekan....

Shohruhxon - Jonim dadam

Qiblagohim, buzrukvorim, Siz mo`tabar, jonim dadam. Hayotimga ziyokorim, Shams-u qamar, jonim dadam. (x2)...

Tamila - Kel ayama

Yor bilasan, yorim bilasan-ey, Qora ko’zli shirin zaboning, Nozanin, ofatijoning, Sen deb giryon bir donangman....

Tohir Sodiqov - Nega men sensiz

Nega men sensiz, nega sevgingsiz, Nega men sensiz, nega men sensiz? O’tib ketar ekan baxtli kunlar ko’z ochib yumguncha, Eslamas ekan seni eng yaqin insoning bir zumga....

Fikr qo'shish