Bekzod Eshonov - Do’st

Bekzod Eshonov - Do’st
Bekzod Eshonov - Do’st

Bekzod Eshonov - Do’st Текст песни


Hali sizni do‘st bildimmi?
Xom sut emgan bandaya.
Sodda qalbim chuv tushishni
Hech qilmaydi kandaya.

Sinalmaganga sir berib,
Attang qilmay ne qilay?
Bedil kimsaga dil berib,
Qanday minnatdor bo‘lay?

Hali sizni do‘st bildimmi,
Odam qurib ketganday?
Esiz, ishonch-oqibat ham
Yuzin burib ketganday.

Tili bir-u, dili boshqa,

Amalingiz bo‘lakcha.
Adashibmiz do‘st tutinib,
Yo‘lim boshqa yo‘lakcha.

Do‘st deb yonib-yonib yurardim,
Do‘st, qani-qani vafoying? (x2)

Sizdek do‘stim turganida
Dushman, ayting, ne darkor?
Niqobingizni yeching, bas,
Asl yuzingiz oshkor.

Do‘stingdan top, deganlarin
Bugun anglab yetyapman.
Siz kavlagan chohdan, yo Rab,
Bir-bir hatlab o‘tyapman.

Do‘st deb yonib-yonib yurardim,
Do‘st, qani-qani vafoying? (x2)

Men havoyi so‘zingizdan
Mast bo‘lganga o‘xshayman.
Sizni osmon bilib, o‘zim
Past bo‘lganga o‘xshayman.

Ortimdan tig‘ urgan do‘stim,
Qalbda borin ko‘chirdim.
Faqatgina haq yo‘lida
Bugun sizni kechirdim.

Avazbek Olimov - Meni unut

Yoshlikning baxtli chog’ida, Sevgining visol bog’ida, Uchrashdik ko’kdagi oy-u, Yulduzlarning guvohida....

Jo'rabek - Bahor tushlari

Vasling go`zalim, tun kabi orom yuragimga, Bahor nafasi ganj-u dilimga. Shabnam kabi qo`ngin qalbimning yaproqlariga, Munis hislarni dilga et ato....

Benom guruhi - Asalim

(Ready for the fiesta) Jonim, yonimga kelaqol, Qiynalmoqdaman har kun, Qiynalmoqdaman har zum. Jonim, yonimda bo‘laqol, Sog‘inmoqdaman har tun, Sog‘inmoqdaman har zum....

Otabek Mutalxo'jaev - Azobida qoldim

Sevib so’zda bolini, Bo’ylarin iforini, Bugun ko’ngil zorini Azobida qoldim-ay. (x2)...

Yulduz Usmonova - Majnuntol

Ketolmay anhor bo‘yidan, kuyib muhabbat ko‘yida, Suryabsan yana ne xayol, majnuntol? Yoring yo‘q hanuz yoningda, ne dardu hasrat joningda? Qalbing och menga bemalol, majnuntol....

Hilola Hamidova - Sog’indim

Sog`indim oh yomonda, yuribsan qay tomonda? Erkalab aldashingga yurak zor shu zamonda. Sog`indim oh yomonda, xayolim sen tomonda, Erkalab aldashingga yurak zor shu zamonda....

Manzura - Judayam sog’indim

Tanamning bir bo’lagi, Qalbimning sokin zarbi – Sening o’zingsan faqat. Ko’zlarimga qarama,...

Sevara Nazarkhan - Orzuim

Ushalgan pok orzuim mening, Qalbingizga jim ketaman men. Siz eng yorug’ ko’zguyim mening, Sevgim sizda aks etaman men....

Sardor Mamadaliyev - Birovlar

Men cho`qqini ko`zlagan chog`da Qulab tushma, dedi birovlar. (x2) Sof sevgimni kuylasam bog`da-ey, Haddan oshma, dedi birovlar. (x2)...

Dilso'z - Otajon

Bag’ringizda avaylab, voyaga yetkazdingiz,  Oftob tushsa boshimga, soyaga yetkazdingiz, (x2)  Baxtim tilab tunlarni beorom o’tkazdingiz. Bugun yor-yor aytilmoqda qizingizga, otajon,...

Fikr qo'shish