Yulduz Usmonova - Alloh bizni asrasin


Yulduz Usmonova - Alloh bizni asrasin Текст песни
Yaxshi-yomon kunlarda,
Zim-zimiston tunlarda,
Har doim, har yerlarda
Alloh bizni asrasin.
Uzrsiz namozlardan,
Ta’sirsiz ovozlardan,
Nifoqli marazlardan
Alloh bizni asrasin.
Asrasin, asrasin,
Alloh olamni, bizni o‘zi asrasin. (x2)
Uzoq-yaqin yo‘llardan,
Hatto daryo-cho‘llardan
Alloh bizni asrasin.
Noto‘g‘ri tarozidan,
Qarz so‘rash balosidan,
Mazlumning da’vosidan
Alloh bizni asrasin.
Asrasin, asrasin,
Alloh olamni, bizni o‘zi asrasin. (x2)
Munofiqning ishidan,
Yomonlar mish-mishidan,
Xoinning qilmishidan
Alloh bizni asrasin.
Xoin bo‘lgan do‘stlardan,
Nazari bor ko‘zlardan,
Foydasi yo‘q so‘zlardan
Alloh bizni asrasin. {x2}
Asrasin, asrasin,
Alloh olamni, bizni o‘zi asrasin…