Har narsaning me’yori yaxshi: Immunitetning susayishiga sabab bo’luvchi 5 ta mahsulot

Har narsaning me’yori yaxshi: Immunitetning susayishiga sabab bo’luvchi 5 ta mahsulot
Har narsaning me’yori yaxshi: Immunitetning susayishiga sabab bo’luvchi 5 ta mahsulot


Dunyoni larzaga solgan COVID19 pandemiyasi vaqtida kasallikkka chalinmaslikka harakat qilish dolzarb vazifadir. Shu vazifalardan biri immunitet mustahkamligini ushlab turish, uning pasayishiga yo’l qo’ymaslikdir. Ushbu maqolamizda qanday mahsulotlar immunitetning pasayishiga sabab bo’lishi mumkinligi haqida so’z yuritiladi.

Shuni ta’kidlab o’tish joizki, quyida nomi keltiriladigan mahsulotlar zararli emas, aksincha sog’lom turmush tarzini olib boruvchilarning sevimli mahsuloti hisoblanadi, ammo ularni me’yoridan ortiq iste’mol qilish immunitetga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Dengiz mahsulotlari
Bir qarashda judayam foydali mahsulot – oqsil va vitaminga boy, oson hazm bo’ladi. Ammo ikkinchi tarafdan qaraganda, baliq va boshqa dengiz mahsulotlarining oqsili kuchli allergen hisoblanadi. Bu allergiya jismonan ko’rinmasligi, ammo inson immunetiga zararli ta’sir ko'rsatishi mumkin. Diyetologlar, bu mahsulotlarni haftada 1-2 marta iste’mol qilishni tavsiya etadilar, dengiz bo’yida tug’ilib, uni yoshliklaridan iste’mol qilib kelganlarda esa allergiya kuzatilmaydi.


Qahva
Bu ichimlik borasida turli baxs va munozaralar talaygina. Kimdir uni salomatlik uchun foydali desa, yana kimdir uni iste’moldan chiqarish kerak, deydi. Aslida qahva tetiklashtiruvchi xususiyatga ega bo’lish bilan birga uning haddan ortiq iste’mol qilinishi immunitetga negativ ta’sir ko’rsatishi mumkin. Kuniga 1-3 finjon qahva ichish me’yor hisoblanadi.

Pishloq
Ba’zi pishloqlarning tarkibida bakteriyalar mavjud bo’lib, ular inson immunitetiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin, xususan nerv tizimi, limfa to’qimalarini zararlovchi infektsion kasalliklarni keltirib chiqarish mumkin. Sog’lom odam organizmidagi oshqozon shirasi bu va boshqa virus va bakteriyalarni yo’q qilib yubora oladi, ammo oshqozon bilan bog’liq kichkina muammoingiz bo’lsa ham, pishloq iste’mol qilishdan saqlanganingiz ma’qul.

Shirinliklar
Shakarni shirin zahar, deb atashadi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, shirinlikka o’ch insonlar tez-tez shamollashga moyil bo’ladilar. Chunki shakar organizmga tushib, oq qon tanachalariga zararli ta’sir ko’rsatadi va immunitetni ishdan chiqaradi. 

Xom tuxum
Ko’pchilik xom tuxumni iste’mol qilish foydali, deb hisoblaydi. Ammo u ham immunitet uchun xavfli mahsulotlar qatoriga kiradi. Xom tuxumni doimiy ravishda qabul qiladigan odamning oshqozoni modda almashinuvi uchun mas’ul bo’lgan biotin moddasini ishlab chiqarishdan to’xtaydi. Biotin tanqisligi sog’liqqa salbiy ta’sir qiladi: immunitet pasayadi, qonning energetik funktsiyasi susayadi. 

Immunitet mustahkam bo’lishi uchun sog’lom turmush tarzini olib borish, to’g’ri ovqatlanish va shifokor ko’rigidan o’tib turish lozim. Ovqatdan oladigan mikro va makro elementlar salomatligimizning poydevori hisoblanadi, biroq ular me’yorida bo’lishini unutmasligimiz lozim.

Mashhurlarning birinchi ishlagan joyini hushlamaydigan ish joyi

Taniqli odamlarning farzandlari maqsadlariga osonroq erishishi ayni haqiqat. Taniqli shaxslarning aksariyati kuchli va iste'dodli odamlar bo'lib, ular pastdan yuqoriga qarab ko’tarilganlar. Ular tirikchilik qilishdan boshqa tanlovga ega emas edilar. Kimdir o'zining ilk mehnatini mag'rurlik bilan eslasa, boshqalari esa hatto ushbu ma'lumot haqida...

Muzdan ilhom - qiziqarli muz shakllanishining 23 ta fotosurati

Er yuzining ko'p joylarida qish sovuq, qorli va ma'yus bo'ladi, shuning uchun ko'p odamlar yilning bu vaqtini eng kam yoqtiradilar. Ammo qishda uning barcha muammolariga mos keladigan narsa bor - agar siz ushbu yozuvni o'qiyotgan bo'lsangiz, demak, kimdir bu maqolani vatanda.com saytidan olgan, bu ajoyib go'zallik! Qish aqldan ozgan rassomga...

Ko'ylak lozim fasonlari - zamonaviy milliy liboslar katalogi. Rasmlar 25

Bugungi kunda urfda bo’lgan o’zbekona ko’ylak lozimlar kengish fasonga ega bo’lib, orqa va oldida yig’ilgan koketkalar, tikma yenglar va ba’zan ko’tarilib turadigan yoqaga ega. E’tiborli jihati, bunday fasonlar urfda bo’lganligi bilan, milliyligini bugungi kunda ham yo’qotmagan. Ularni bayram tantanalariga kiyib borish ham yoqimli....

Insonlarni o'ziga tortuvchi odamning 9 ta xususiyati

Fayzli inson qanday bo’lishi kerak? 1.Bunday odam boshqalarga yaxshi muomalada bo’ladi Odamlarni o’ziga jalb qiluvchi fayzli inson o’zini boshqara oladi. Suhbatdoshidan o’tishga harakat qilmaydi, uni kamsitib, o’zini komil inson qilib ko’rsatmaydi. Bunday qilishga hojat ham yo’q, chunki u o’ziga va o’z kuchiga ishonadi......

Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligi

Sayyoramizda eng kichik maxluqotlarning ham inson hayoti uchun xavfli bo’lgan zahari bo’lishi mumkin. Ushbu maqolada dunyodagi zahari eng kuchli jonzotlar haqida hikoya qilinadi....

Inson hayotiga xavf soluvchi kasblar

Haftada 5 kun davomida 8 soatni to'rtta devorda o'tkazadigan ofis xodimlarining aksariyati uchun haddan tashqari havfli kasblar g'oyasi aqldan ozgan bo'lib tuyulishi mumkin. Yo'lakdan hojatxonaga yoki suv sovutgichiga tushish orqali bir necha kun davomida stulda o'tirishga yoki harakatlarini cheklashga qodir bo'lmaganlar esa to'lqinlarga qarshi...

Boy bo’lishning 20 ta oltin qoidasi

Hayotimiz davomida omadli insonlarni ko’p uchratamiz va ularning muvaffaqiyatiga havas bilan qaraymiz. Bunday paytlarda hayolingizga “Qani edi, men ham shu insonga o’xshasam” degan fikr kelishi shubhasiz. Ammo bu kabi muvaffaqiyatga erishish uchun nimalar qilish kerak ekanligini bilamizmi? Bugun sizga hayotda yuksak cho’qqilarni zabt etgan va...

Shovqinning eshitish qobiliyatiga ta’siri haqida

Eshitish organi bo’lgan quloq insonning muhim a’zolaridan biri ekanini ta’kidlashning hojati bo’lmasa kerak. Afsuski, hozir ko’cha-kuyda, jamoat joylarida qulog’iga quloqchin (naushnik) taqqan odamlarga, ayniqsa yoshlarga ko’p duch kelyapmiz. Ular go’yo atrofida hech kim yo’qdek gap sotishadi yoki baland ovozli musiqa tinglashadi. Shu o’rinda...

Chingizxonning javobsiz muhabbati

Chingizxon 1155 yilda, mo’g’ullarning tatarlar ustidan g’alaba qozonishlari vaqtida dunyoga keldi. Uning otasi, katta qabila boshlig’i Yesugay-botir g’alaba vaqtida dunyoga kelgan og’liga Temuchin deb ism berdi....

Ertalabki yomon odatlar

Yettita omadli raqam bo'lsa-da, quyidagi yetti yomon odat ertalabingizni buzishi, barcha rejalar va mumkin bo'lgan muvaffaqiyatlarga ta’sir etishi mumkin....

Fikr qo'shish