Gullar haqida qiziqarli ma'lumotlar

Gullar haqida qiziqarli ma'lumotlar
Gullar haqida qiziqarli ma'lumotlar


Bugungi maqolamizda dunyoning go’zallik timsoli sanalmish gullar haqida gapirib o’tamiz. Marhamat ular bilan tanishing!

Dunyodagi eng kichik gulning diametri atigi 1 millimetrga teng. Sayyoradagi eng katta gul esa tropik o'simlik - Arnoldning rafflesiyasidir. Uning diametri 91 santimetr, vazni 11 kilogrammga teng.

Oq gullar mavjud emas - aslida ular rangsiz bo’ladi, ya'ni rang pigmentlari yo'q va shunchaki quyosh nurini aks ettiradi. Qora pigment ham ranglar dunyosida mavjud emas – gul  rangi to’q qizil yoki to’q binafsharangga ega bo'lishi mumkin.
Gullar kechasi o’zining urug’lari sovuq shudring bilan zararlanishining oldini olish uchun yopiladi.

Asalarilar ultrabinafsha ko'rish qobiliyati tufayli gullarni nektarli va nektarsizini ajratib olishadi.

Gulning qo’ng’iroqlari guldagi nektarni yomg'irdan himoya qilish uchun pastga egilgan bo’ladi.


Avstraliyada rizantella orhideyasi yer yuzida emas yer ostida gullaydi. Uning changlanishi asalarilar tomonidan emas, balki qo'ng'izlar tomonidan amalga oshiriladi.
Sayyoramizdagi eng qadimgi atirgul Germaniyaning Xildsxaym shahrini 1000 yildan buyon bezatib turadi.

Olimlar insonlarning gulga qanday munosabatda bo’lishiga qarab gullarning reaksiyasi o’zgarishini isbotlashgan.

Dunyodagi eng qimmat gulni taxminan 5 ming dollarga sotib olish mumkin. Bu Malayziya tog'larida o'sadigan va faqat 15 yilda bir gullaydigan oltin orxideya gulidir.

Yer yuzidagi eng baland gul Indoneziyaning g'ururi sanalmish -Amorphophallus titanumdir. U  yerdan 3 metr balandlikda ko'tariladi. Uning yer osti og’irligi- 50 kilogrammni tashkil etadi va qalinligi 5 metrga yaqin. Ushbu gigant gul o’zidan tuhumning hidiga o’xshash iforni taratadi.
Bir necha asrlar davomida lolalar hukmron sulola Usmonlilar imperiyasining ramzi bo'lgan.

Eronda lolalar o'z vatani uchun jonini fido qilib, halok bo'lgan askarlarning ramzi sifatida qabul qilinadi.

Pionalar  to'y marosimlarini bezatadigan gullar sifatida mashhurlikka erishmoqda, chunki ular omad va baxtli nikohni anglatadi.

Ilgari, yunonlar pionalarni o'nlab kasalliklarni davolashga qodir deb hisoblashgan, shu bois bu gullar uchun ular har qanday monastir bog'idan  joy ajratishgan.
Buyuk rus yozuvchisi Ivan Turgenev nargiz gulini o’zining eng sevimli guli deya atagan.

Xitoyda nargiz guli yangi yil bayramining ajralmas qismi bo’lib, kelajakdagi baxtning garovi hisoblanadi.

Ortiqcha vaznga ega insonlar haqida qiziqarli faktlar

Hamma ortiqcha vaznning sog'liq uchun va to'liq faol hayot uchun zararli ekanligini yaxshi biladi. Ammo ortiqcha vazn va semirib ketish haqida yana nimalarni bilamiz? Sizga sayyoramizdagi millionlab odamlarni tashvishga solayotgan mavzu bo'yicha bir qator qiziqarli faktlarni taklif etamiz!...

Xatiko: vafodor it haqida qayg’uli voqea

Xatiko ismini eshitishimiz bilan hayolimizga “sadoqat”, “vafo” so’zlari keladi. Hammamiz Richard Gir ishtirokidagi “Xatiko: eng sadoqatli do’st’ nomli filmni sevib tomosha qilganmiz. Filmda hayotdan olingan real voqea tasvirlangan. Xo’sh, aslida qanday voqea ro’y bergan edi?!......

Boy bo’lishning 20 ta oltin qoidasi

Hayotimiz davomida omadli insonlarni ko’p uchratamiz va ularning muvaffaqiyatiga havas bilan qaraymiz. Bunday paytlarda hayolingizga “Qani edi, men ham shu insonga o’xshasam” degan fikr kelishi shubhasiz. Ammo bu kabi muvaffaqiyatga erishish uchun nimalar qilish kerak ekanligini bilamizmi? Bugun sizga hayotda yuksak cho’qqilarni zabt etgan va...

Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Poldagi changni tozalab olish havodagi mayda zarralarni tozalashdan ancha osonroq ekani barchaga ma’lum. Faraz qiling, uzoq safarga ketish uchun hozirlik ko’ryapsiz. Qaytganingizdan so’ng toza uyda hordiq chiqarish maqsadida xonadoningizni yog’ tushsa yalagudek qilib tartibga keltirdingiz. Safardan qaytgach, barcha deraza va eshiklarning yopiq...

Turli xil rangdagi egizaklar

Bu ikki bola bir-biriga o'xshamaydi, lekin ular o'rtasida o'ziga xos munosabatlar o'rnatildi. Ko'pchilik dastlab bu o'g'il va qizlarning egizak ekanligiga ishonishmaydi. Bunday tabiat injiqligi haqiqatan ham sehrli ko'rinadi......

Indra Nuyining muvaffaqiyat sirlari haqida

Bugungi kunda Indra Nuyi ismi ko’pchilik uchun notanish bo’lishi mumkin, ammo PepsiCo kompaniyasini hamma juda yaxshi taniydi. Aslida ushbu ayol ismi va kompaniya nomi necha yillardan buyon faqatgina birgalikda qo’llanib kelinadi....

Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol bo’lgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar

Usmoniylar saltanatining sultoni Sulaymon shohning rafiqasi – Xurram xonim o’z davrining dong’i ketgan nufuzli ayollaridan biri bo’lgan, biroq o’limidan olti asr o’tgandan keyingina haqiqiy shuhrat qozongan......

Qish fasli haqidagi qiziqarli faktlar

Kimdir uchun qish eng yoqimli palla bo'lsa, boshqalar uchun bu yilning eng “yoqimsiz” davri. Hammasi unga qanday qarashingizga bog'liq - ba'zi odamlar ayoz, momiq qor va qor bilan qoplangan landshaftni yoqtirishadi, kimdir qishda faqat loy hamda sovuqni ko'radi. Qizig'i shundaki, dunyo aholisining qariyb yarmi umrida hech qachon haqiqiy qorni...

Sut, ketchup, saqich va boshqa dunyoning turli mamlakatlarida taqiqlangan mahsulotlar

Avstraliya va Yangi Zelandiyada sizni losos bilan siylashmaydi. Boshqa narsalar qatorida AQShda Kinder Surprise va Kanadada pasterizatsiya qilinmagan sutni sotib ololmaysiz, Singapurda saqich va Ketchup sotilmaydi......

Qizil rangli lab bo’yog’i kimlarga yarashadi?

Odatda qizil tusli lab bo’yog’ini bachkanalik deya hisoblashadi. Ammo bu fikrni hato ekanligini hatto jahon tendensiyalari tasdiqlaydi. Bu atrofdagilar e’tiborini jalb qiluvchi rang, shu bois bunday yorqin rangli lab bo’yog’i bilan nimani moslab kiyish, nimani esa kiyish mumkin emasligini bilib olish lozim....

Fikr qo'shish