Farrux Xamrayev - Azi

Farrux Xamrayev - Azi
Farrux Xamrayev - Azi

Farrux Xamrayev - Azi Текст песни


Azi-zi-zi-zam, azi-zi-zi-zam,
Azi-zi-zi-zam, azizam. (x2) (yeah)

O‘rtacha bo‘ylari edi, sochlari ham uzun emas,
Labida holi bor, lekin oddiy emas,
Aziza shunaqa, “peshexod”ga qaramas, shunaqa yaramas.
Ozgina erkatoy edi, degani muhayyo edi,
Orqasida oshig‘i sochidan ham ko‘p edi,
Aziza shunaqa, oilasi to‘q edi, hammaga yoqadigan uning ko‘zi ko‘k edi.

Ismi uzun emas edi, 5 ta harfdan iborat edi,
Boshidan o‘qisa ham Aziza, oxiridan o‘qisa ham Aziza,
Umuman o‘zgarmaydigan Aziza.
Maniyam ishim joyida, mashina tagimda,
Gucci, Armani egnimda, eski og‘aynilar, qadrdonlar yonimda,
Asalning o‘zlari – Aziza to‘g‘rimda.

O‘tirib mashinasiga, qarab qo‘ydi asta oynasiga,
Nimadir dedi keyin dugonasiga, ko‘zlarini manga suzib,
Birdaniga qaytdi orqasiga, Azi orqasiga.

Keyin man bordim yoniga, chiqib Azining yo‘liga,
Nomerim qog‘ozga yozib, uni man berdim qo‘liga,
Muzladim qarab ko‘ziga, Azining ko‘ziga.

Shu kecha kayfiyatim zo‘r,
Azidan boshqa qizlarga mani ko‘zlarim bo‘lib qoldi ko‘r,
Chunki hech kimga o‘xshamaydigan ajoyib sayyoradan u,
Boshqa dunyo u.

Azi-zi-zi-zam, azi-zi-zi-zam,
Azi-zi-zi-zam, azizam. (x2) (yeah)

Ertasiga shirin ovoz begona nomerdan,
Allo degan shirin ovoz yuragim urishining tezligini oshirib,
Bir zumda mani qo‘ydi shoshirib, bu manimcha Azi.
Salom berishga aqli yetmagan, bolalarga salom bermagan,
Azi shunaqa boshin egmagan, lekin uyalib dedi assalom,
Manga yoqib qoldingiz xullas kalom.

Shu bilan ertagimizni boshladik shirin orzular bilan,
Yoniga bordim har kuni gullar bilan,
Ayamadim undan hech nimani, yoqqim kelmas edi unga pullar bilan.
Aziza kibrli ko‘rinsada, uncha-munchani mensimasada,
Judayam yaxshi qiz ekan, ichida tashvishi, ancha-muncha dardi bor ekan,
Ha bor ekan.

Ochiq havoda shahar aylanib yurdik, bir-birimizga boylanib,
Negadir yuragimda hayajon, chunki borar edim Aziga o‘rganib,
Ha o‘rganib.
Shu paytgacha urushmadik hecham, Azi bilan hecham,
Aziyam o‘zgarib, mani jonidan sevib,
Mehr berishdi hatto mani oilam, to‘y qilamiz-a Xudo hohlasa ixcham.

Mana shunaqa tema bizlarda, yurak ham bor ekanu qizlarda,
Erkak bo‘lib ularni asrasak, qizlar qolib ketmas ekan ko‘chada,
Yoki bir chekkada, ha ko‘chada.
Aziza mana ancha o‘zgarib, yuzimni yelkasida ko‘tarib,
Farzandlarimga ona bo‘ldi uyda o‘tirib,
Yuzlarimni yorug‘ qilib, hatto bolalarni o‘qitib.

Azi-zi-zi-zam, azi-zi-zi-zam,
Azi-zi-zi-zam, azizam. (x2) (yeah)

Abdurashid Yo'ldoshev - Qizil gul

Sen kim uchun ochilding, ey qizil gul, Atring buncha sochildi, ey qizil gul? (x2) Seni ko`rib, armondagi sevgimning Zarjirlari yechildi, ey qizil gul. (x2)...

Shaxriyor - Gunohimni ayting

Gunohimni ayting – mayli so`nggi so`z Ko`ngilga otilgan bitta o`q bo`lsin. Bir bora tik boqing, o`kinch to`la ko`z So`nib borayotgan so`nggi cho`g` bo`lsin....

Rayhon - Men nechun yaraldim

Ko’zlarim ochig’u ko’ra olmayman, Oyoqlarim butun, yura olmayman, Qaddim raso, lekin tura olmayman – Men nechun yaraldim, Allohim?...

Shoxrux - Avayla

Mani xayolimni, mani yuragimni,  Mani bu mehrimni avayla!  Mani borligimni, sanga zorligimni,  Sani sevishimni avayla!...

Yulduz Usmonova - Omon bo’ling

Tun o‘tib, tonglar otar, Yor yoriga gullar tutar. Yaxshilarni suydim-o Men jon qadar, jonim qadar....

Farrux Xamraev feat. Boburbek - Endi kech

Eslamay deymanu, yana eslab kelasan, Har kelganingda yana tinchimni buzasan. Ko`zlaringga yosh olib, unday sen qarama, Manzilida adashgan mehrimni so`rama....

Faxriddin Umarov - Umr o’tmoqda

Esiz-esiz, esiz bolalikni qoldirib ortda, Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda. Qoldirib-qoldirmay iz bu hayotda, Umr o`tmoqdadir, umr o`tmoqda....

Sherbek Shodiyev - Sensiz

Etma o`zingdan judo, Sensiz qanday yashayman? Jonga tegdi alvido, Sensiz qanday yashayman?...

Laylo Aliyeva - Jonginam

Jonginam, nega yonimda sen yoqdursan, yoqdursan? Sezaman, yo‘qotdim hayotda seni man, seni man. Jonginam, nega taqdir shunday, ayt menga jonginam? Topmayman, dunyoda boshqani topmayman, jonginam....

Shohruhxon - Улетаю

Улетаю… Улетаю… Ты далеко, без тебя не легко, Я тут, я там, не сплю по ночам. Всё в огонь, сам не свой, Я живу лишь тобой, Всё тут, всё там, не сплю по ночам....

Fikr qo'shish