Doniyor G'oipov - Qarashlar
Doniyor G'oipov - Qarashlar Текст песни
Qarashlariga, qarashlariga duk-duk urar yurak,
Bu ketishida yuragim to‘xtab, tamom bo‘lsa kerak.
Burilib qarashlari, taq-tuq, taq-tuq qadamlar bosishlari,
Ey yuragim, yuragim yuragiga-yuragiga bog‘lanib qolishlari.
Bir daqiqaga shoshmay tursa nima bo‘larkan-yey?
Osmonlar uzilib, go‘yoki egilib, vayron bo‘larmu-yey?
Gap otishlarim zimgina kutar, bildirmay jimgina,
Yoki ayyora qizgina ko‘ngli to‘larmu-yey?
Botib ko‘zlari yona-yona, etib dilimni vayrona,
Qarashlariga, qarashlariga duk-duk urar yurak,
Bu ketishida yuragim to‘xtab, tamom bo‘lsa kerak.
Burilib qarashlari, taq-tuq, taq-tuq qadamlar bosishlari,
Ey yuragim, yuragim yuragiga-yuragiga bog‘lanib qolishlari.
Xush keldimi gul bahorlari, mani mast ayladi,
Anorning donasi, qizlar yagonasi, sarhushlar ayladi.
Mayda qadamlab o‘tarsan-yey, buncha yomonsan, o‘jarsan-yey,
Bir kun baribir ko‘narsan-yey, yuragim angladi.
Senga mehrim bilishlaring, bilib voy, atay kulishlaring,
Yana lablaring burishlaring telbalar ayladi.
Qarashlariga, qarashlariga duk-duk urar yurak,
Bu ketishida yuragim to‘xtab, tamom bo‘lsa kerak.
Burilib qarashlari, taq-tuq, taq-tuq qadamlar bosishlari,
Ey yuragim, yuragim yuragiga-yuragiga bog‘lanib qolishlari.
Qarashlariga, qarashlariga duk-duk urar yurak…