Shoxrux - Endi begona

Shoxrux - Endi begona
Shoxrux - Endi begona

Shoxrux - Endi begona Текст песни


Ko‘kka boqib, urgim kelar faryod har yod olganimda uni,
Degim keladi dod, nega hayot barbod, nahotki umrbod?
Endi o‘zga bir zot etadi shod yorni,
Yaxshisi qurol bilan kelgin, yuragimga ot mani.

Ko‘ksimni ochdim, sevgim qancha begona nigohlardan olib qochdim,
Birov biror so‘z deya ko‘rsa, jahlimni sochdim.
Qaysi xato uchun bunday jazolamoqdasan mani?
Mutloq g‘olib bildim sani, yutug‘ing nishonla qani.

Yana qil tantana, axir mani ham mana judo etib tanam,
Ezib go‘zal sanam, ketdi tanlab o‘zgani.
Tashvishdaman o‘ylab uni, uning esa yuzlarida tabassum,
Shudir alam qilgani.


La’li labli, nozik tabli, lazzat gapli etdi jabr,
Bilmaysandir, bilmaysandir.
Derdi: habibi zorimsan, guvoh Rabbim – san borimsan,
Nechun unda, so‘zla suluv, endi begona yorimsan? (x2)

Mayliga roziman, deyman taqdir, chaqdir chaqmog‘ing,
Boshimga toshlaringni yog‘dir, axir faqat taxir.
Hamda bir xil yashayotgan hayot umrim bo‘ldi,
Bilganing qil, yetar, sabr tugadi, endi baribir chiqdi jahl.

Istaysan ne qilishimni sevgan kishimni?
Iliq mehrla isitgan qahraton sovuq qishimni?
Ishingni qara qilgan, zo‘rg‘a tishimga tishimni
Qo‘yib, kuyib chidayman, yorim tark etdi og‘ushimni!

Baxtga to‘ygan qalb ayni damda endi dardu g‘amda,
Badanda, tanda og‘riq, chunki nimadirlar kam-da.
Alamda alamim olaman qo‘limdagi qalamdan,
Olamda yolg‘iz qoldim, ayrildim u go‘zal sanamdan.

Bas, ortiq qaltis hazil-huzullaring qilaverma,
Hazilning tagi zil, bag‘rimni tilaverma.
Undan ko‘ra yaxshilik qil, ustimdan kulaverma,
Yaram tuzlab, beshafqat bo‘lavermay.

La’li labli, nozik tabli, lazzat gapli etdi jabr,
Bilmaysandir, bilmaysandir.
Derdi: habibi zorimsan, guvoh Rabbim – san borimsan,
Nechun unda, so‘zla suluv, endi begona yorimsan? (x2)

Sardor Rahimxon feat. Rayhon - Menchalik

[Rayhon] Sen ishon, hamma vaqt ishon – Faqat sen keraksan menga. Vafo tunlar, bu umrim tanho Senga, senga, faqat senga....

Rayhon - Baxtli bo’laman

So’rayman osmonimdan, So’rayman yuragimdan – Baxtiyor quvonchim qayda bor? Baxtiyor kunlarim qayda bor?...

Botir Qodirov - Balle-balle

(Balle-balle… Balle-balle… Balle-balle… {x4}) Oshig`ingman, devonaman, Dilga bergan ishqingga balle,...

JAVA - Dunyo seni tog'angmas

Hali beri san odam bo'lmaysan Bu yotishingda maqsadinga yetolmaysan Yuzinga aytsam xafa bo'lasan Seni o'ylab gapirayotganimni bilmaysan...

Sharof Muqimov - Man shaydo

Qora ko’zingizga man shaydo,  Shirin so’zingizga man shaydo.  Yuragimda o’zingiz, siz tanho,  Buncha mani qiynamang siz. (x2)...

Dildora Niyozova - Dard

O‘tar oylar, o‘tar yil, Hanuz ko‘nikmas ko‘ngil. Har kun aytar so‘zlaring, Unutolmaydi bu dil. Mehr bergan ko‘zlaring, Farzandimda nigohing ko‘rib, ovunmoqdaman....

Sevara Nazarkhan - Kechikkan ko’ngil

Yolg`iz afsus chekib, tanho yig`laysan, Kiprikda marjonsan kechikkan ko`ngil. O`zingga ham axir o`zing sig`maysan, O`rtangan bir jonsan kechikkan ko`ngil....

Muzaffar Mirzarahimov - Lolajon

Shamollarda sinmading lolam,  Bo’ronlarga dosh bera olding.  Qor tagida qolganda olam  Ko’zlarimda yosh bo’lib qolding....

Sarob guruhi - Kerakmas ekanman

Kerakmas ekanman, Men uni sevdim, endi o`zgarmas ekanman. Gulim ketdi, gulsiz qolgan bir maskanman, Ayblab ketdi – men uni sevmas ekanman, hey....

Botir Zokirov - Kechalar yulduz sanayman

Kechalar yulduz sanab,  Yulduz ko’zingmi deb yonaman,  Oy magar chiqsa qarab,  Vaslingmi deb to’lg’onaman....

Fikr qo'shish