Shohruhxon - Ayol


Shohruhxon - Ayol Текст песни
Dugonasi gul bilan rayhon,
Bardoshiga tog‘u tosh hayron,
Kim desangiz bu aziz inson –
Aziz ayol, aziz ayol.
U onadir, poyi jannat,
Go‘zal yordir, sevgisi hikmat.
Qizaloqdir, kulgusi lazzat,
Aziz ayol, aziz ayol.
Ayol qalbi go‘zal,
Ayol qalbi, u go‘zal.
Ertaklarni eslatar,
Yulduzlarga u o‘xshar. (x2)
Yigit qalbin ishq bilan yoqqan,
Mehr berib, jim qiyo boqqan,
Yuragida ishq daryo oqqan,
Aziz ayol, aziz ayol.
Yuzlarida bahor gullari,
So‘zlaganda shirin tillari,
Bizga fido go‘zal yillari,
Aziz ayol, aziz ayol.
Ayol qalbi go‘zal,
Ayol qalbi, u go‘zal.
Ertaklarni eslatar,
Yulduzlarga u o‘xshar. (x2)