Birovning yoriga uzbekcha she'r


Birovning yoriga yor bo‘lganimcha,
Yolg‘izlar yoriga qul bulganim soz.
Iymonga bosh egib to o‘lgunimcha,
Ayriliq uyida tul bo‘lganim soz,
Tegmang yuragimning jarohatiga,
Izzillab to‘kilar alvon dardlarim,
Suratim shaydosi bo‘lmaydi aslo,
Pokiza qalbimni sevgan mardlarim.
Xo‘rsinib xo‘rsinib kunlarim botar,
O‘ksinib-o‘ksinib yig‘lar tunlarim,
Bosgan izlarimni quchsada xatar,
Sizdan najot so‘rab chiqmas unlarim.
Falakka yetmagan ohlarim hanuz,
Yondirib tinmaydi siyrat bog‘ini,
Yaratgan yuvsaydi ko‘ngil dog‘ini.
Yolg‘izning hayoti sizga begona,
Kuygan yuragining otashi yo‘qdir,
Ta’sirin ko‘rsatmas ishqning paykoni,
Armoni bag‘ridan yulinmas o‘qdir.
Baxtlisiz bag‘ringiz butundir butun,
Yarim dil,yarimta umidginam ham,
So‘zlasam,ko‘klarga o‘rlaydi tutun,
Ishqingiz bo‘lolmas dardimga malham.
Boldanda shirinroq bo‘lsada so‘zlar,
Ko‘ksimga sanchilar haqorat bo‘lib,
Do‘st bo‘lib kirdingiz ko‘nglim uyiga,
Do‘st bo‘lib qayting siz mardona kulib.
Yelkamga ortilgan yuklarim ancha,
Manzilga yo yetib,yoki yetmayman,
Chidayman sinovi bulmasin qancha,
Tangridan bo‘lakka qo‘lim tutmayman.
Changini chiqarmay bosgan izimning,
Yashayman hech kimga ziyonim tegmay,
Quchib uygotmasin mayli meni baxt,
Umrimni o‘tkazay boshimni egmay.
Kechiring ozorim so‘zimda bisyor,
Ammo bo‘lolmayman siz suygan dildor,
Dil bergan,qo‘l bergan gulingiz bilan,
Vafo chamanida bo‘ling baxtiyor.
Birovning yoriga yor bo‘lganimcha,
Yolg‘izning yoriga qul bo‘lganim soz...