O'ktam Kamolov - Ayol qirolichadir

O'ktam Kamolov - Ayol qirolichadir
O'ktam Kamolov - Ayol qirolichadir

O'ktam Kamolov - Ayol qirolichadir Текст песни


Ayolni hurmat qil, ayolni sevgin,
Har kuni sovg‘alar, har kun gul bergin.
Dunyolar kerakmas, chin mehr bergin,
Ayolni aldama, aytmagin ertak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak.

Axir ayol – ona, opa-singlingdir,
Jufti halolingdir, yorug‘ yuzingdir.
Jondan yaxshi ko‘rgan ona qizingdir,

Bu farishtalarni qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak. (x2)

Qo‘l ko‘tarma unga, ojizadir u,
Suvda o‘chmas olov, nargizadir u.

Xudoyim yaratgan mo‘jizadir u,
Ayolga quvonch ber, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak.

Uyda ayol borki, ko‘nglimiz to‘qdir,
Bemalol yuramiz, havotir yo‘qdir.
Unutma, ayolning duosi o‘qdir,

Duosini olgin, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak. (x2)

Qoyil qolmay iloj yo‘q sabriga,
Erkak bo‘lib, malham bo‘lgin dardiga.
Uyat bo‘lar gar, yetmasak qadriga,
Ayolga yordam ber, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak.

Joni qirqta dema, bittadir joni,
Yonida tur, bo‘lib tog‘dek qalqoni.
U qirolicha, sen esa sultoni,

Ayolni asragin, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak. (x2)

Ayolni hurmat qil, ayolni sevgin,
Har kuni sovg‘alar, har kun gul bergin.
Dunyolar kerakmas, chin mehr bergin,
Ayolni aldama, aytmagin ertak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak.

Ayolni asragin, qilmagin ermak,
Ayolni sevadi haqiqiy erkak!

Shahboz va Navro'z - Orzular

Afsus, erishdilar – ayirdilar bizlarni, Aytdilar yurakka botar so`zlarni, Ilmadilar sevgi to`la ko`zlarni. Armon, endi ikkimizga hamrohdir armon, Tark etmaydi bizlarni u hech qachon, Aytgin, ne sabab, ayt ne uchun, osmon?...

Renat Sobirov - Kerakmas

Yetar bas, boshqa va’dalar kerakmas, Sening yolg`oning tugamas, Endi hech narsa o`zgarmas, kerakmas. Yetar bas, soxta ko`z yoshlar kerakmas, Ishonchim tugab bitdi, bas, Ortiq senga rahmim kelmas, kerakmas....

Mansurxon Nurmatov - Voy-voy

Mayin yog’ib yomg’irlar  Sochlarini silaydi,  Men sevgan qiz men uni  Sevishimni bilmaydi. (x2)...

Dildora Niyozova - Ro’molim

Daryolarning bo’ylarida bir tup chinor-a, Bir tup chinor taglarida ko’zi xumor-a. Ko’zi xumor ko’zlariga ko’zlar tegmasin, Ko’zmunchog’im taqib qo’yay, bo’lsin tumor-a....

Yulduz Usmonova - Atirgul

Qo`ygin, tikonlaring sanchma menga, gul, Dilim yomon o`ydan yiroqdir butkul. Yoqimli bo`yingni sog`indi ko`ngil, Iforing qizg`onma mendan, atirgul....

Yulduz Usmonova - Olloh biladi

Yomg‘ir ezib, ezilib yig‘lar, Yomg‘ir emas, ko‘z yoshlar oqar. Baxtin izlab ko‘chaga chiqqan, Adashib bitgan qizlar yig‘lar....

Adham Soliyev - Dilafruz

Ziyoda ham bizni hech nazariga ilmadi,  Shahzodaning qo’lidan sovchilik ham kelmadi.  O’ylab uzun o’yimni yechaman endi,  Shu bugundan Ziyodadan kechaman endi....

Dildora Niyozova - Yonma yurak

Mana yana sevgi suvin ichdi yurak, Mana yana o‘z-o‘zidan kechdi yurak. Bilmam, yana qancha yonish-kuyish kerak, Mana yana o‘z joyidan ko‘chdi yurak....

Sevara Nazarkhan - Ey, nozanin

Ey, nozanin, ishqing bilan devonaman, (x2) Oqshomlari uyqum kelmay to’lg’onam. (x2) Parilardek ochib yuzing nihon bo’lding,(x2) Xudba-xudba rashkim kelibon qizg’onaman. (x2)...

Kamoliddin Rahmatov - Kecha

Xo`b ajoyib dam edi yonimda yor o`lg`on kecha, Toleim, baxtim kulib, dil lolazor o`lg`on kecha. Shodligim ko`ksimga sig`mas bu yurak o`ynog`idan, Fosh o`lib pinhona ishqim, oshkor o`lg`on kecha....

Fikr qo'shish