Gulsanam Mamazoitova - Mening ko’nglim
Gulsanam Mamazoitova - Mening ko’nglim Текст песни
Aytsam, dardlarimning dostoni uzun,
Bo‘ynimda taqdirning arqoni uzun.
Dunyoda eng g‘amgin nimadir bo‘lsa,
Undanda g‘amginroq kuy mening ko‘nglim.
Bog‘lar orasimas, tosh orasida,
Kunduz yorug‘imas, tun orasida,
Mehr faslidamas, qahr faslida
Bemahal gullagan gul mening ko‘nglim,
Mening ko‘nglim.
Kelaman bir kuni baxtning esiga,
Ishim, tashvishlarim tushar iziga.
Aylanaman bir kun bahor qiziga,
Quyoshga birlashar nur mening ko‘nglim. (x2)
Kulgan ko‘zlarimni kulmas qildilar,
Tuzoqlar qo‘ydilar, g‘araz qildilar.
Qora niyatlarin qafas qildilar,
Shamollar uchirgan kul mening ko‘nglim.
Shamol ham turtarkan onasi yo‘qni,
Sassiz sarson bo‘ldim, yo‘qotdim yo‘lni.
Yonimda bo‘lsangiz, yig‘lamasdim hech,
Sizga zor-intizor yo‘l mening ko‘nglim,
Mening ko‘nglim.
Kelaman bir kuni baxtning esiga,
Ishim, tashvishlarim tushar iziga.
Aylanaman bir kun bahor qiziga,
Quyoshga birlashar nur mening ko‘nglim. (x2)