Dildora Niyozova - Eh ayollar

Dildora Niyozova - Eh ayollar
Dildora Niyozova - Eh ayollar

Dildora Niyozova - Eh ayollar Текст песни


Bir paytlar ayollar gulday nozik hur edi,
Erkaklar ham rashki zo‘r, ko‘ksida g‘urur edi.
Bilmam bizga ne bo‘ldi, hayot o‘zgardimikan?
Oxiratning daragi – ayol ustun bo‘ldimi?

Bilmam bizga ne bo‘ldi, hayot o‘zgardimikan?
Oxiratning daragi – ayol ustun bo‘ldimi?

Eh ayollar, ayollar, siz Layli-yu Zuhrolar,
Qadringizni to‘kdimi zeb-u, zar-u, tillolar?
Eh ayollar, ayollar, biz hayoli zebolar,

Qadrimizni to‘kdimi o‘tkinchi mol-dunyolar?

Erkakman, degan olsin ayolining ko‘nglini,
Shunda dunyo jannat bo‘lar, har kim bilsa o‘rnini. (x2)
Qirq kokilda 40 ta noz o‘ynasa yaxshimasmi?
Shu noz bilan yor jonin qiynasa yaxshimasmi? (x2)

Eh ayollar, ayollar, siz Layli-yu Zuhrolar,
Qadringizni to‘kdimi zeb-u, zar-u, tillolar?
Eh ayollar, ayollar, biz hayoli zebolar,
Qadrimizni to‘kdimi o‘tkinchi mol-dunyolar?

Oydek orzu yaraldi yuragim orasida,
Orom olsin ayollar yorining soyasida. (x2)
Qirq kokilda 40 ta noz o‘ynasa yaxshimasmi?
Shu noz bilan yor jonin qiynasa yaxshimasmi? (x2)

Eh ayollar, ayollar, siz Layli-yu Zuhrolar,
Qadringizni to‘kdimi zeb-u, zar-u, tillolar?
Eh ayollar, ayollar, biz hayoli zebolar,
Qadrimizni to‘kdimi o‘tkinchi mol-dunyolar? {x2}

Ozodbek Nazarbekov - Gul

Gul uzilsa go’zalmas, shoxida tursa go’zal,  Yor o’zimas, yorining yonida yursa go’zal. (x2) Sulton bo’lib taxtiga, ahd qo’shilib ahdiga,  Malikasin baxtiga binolar qursa go’zal. (x2)...

O'lmas Olloberganov - Onam

Yomg’ir bo’lib yig’lar onam,  Iztiroblardan dodlasam.  Netay to’lmoqda paymonam,  Onam ro’molin hidlasam. (x2)...

Shaxriyor feat. Sarvar va Komil - Sevay

[Benom guruhi] Aylanadi xayol, sog`inchingda bemor, Kelgin, yoningda bo`lay-olay-olay. Qalbimni tark etmas,...

Hilola Hamidova - Subhidamda

Subhidamda suvga chiqsam, Bir yigit xomush yurar. Aqli-xushi yo`q ozida, Goh turib, goh o`ltirar....

Munojot Yo'lchiyeva - Nihon etdi

Falak subhimni shom etdi, Xurshidim nihon etdi, nihon etdi. (x2) Shafaq yanglig` nihonkim, Bul xazin ko`nglimni qon etdi, qon etdi. (x2)...

Shaxriyor - Ota duosi

Barakasini Xudo berarkan Hazrat-u pir nazar solganni. Ishi doim o`ngidan kelar-ey Otasidan duo olganni. (x2)...

Ilhom Ibrohimov - Atirgul

Ro`paramda atirgul, To`yib unga qaraymi? Atirguldan a’lo qiz, Yoki senga qaraymi?...

Botir Qodirov - Bir bo’sa ber

Ey yuzing shavqi tanimdin oldi jon, bir bo`sa ber, Vay labing zavqi ichimni qildi qon, bir bo`sa ber. (x2) Tobakay qahring bila nokom o`ylakim goh-gohi, Til uchidin lutf etib ochib dahon, bir bo`sa ber....

Abdulla Ubaydullaev - Sen yo’qsan

Tong otadi, sen yo’qsan,  Kun botadi, sen yo’qsan,  Tunda daydi xayollar  Uyg’otadi, sen yo’qsan. (x2)...

Kaniza - Mening yorim Qo’qonda

(U yoniga tashlab o‘yna… Bu yoniga tashlab o‘yna… Sumbul sochi jingalak, Yonboshga tashlab o‘yna.)...

Fikr qo'shish