Baxtiyor Rahmonov - Alla (Zirapcha ko`rsatuviga soundtrack)


Baxtiyor Rahmonov - Alla (Zirapcha ko`rsatuviga soundtrack) Текст песни
O‘xshamaysan kalondimog‘ birovlarga,
Tavoze ila turishingni sevaman, bas.
Ro‘molingga osilgan g‘ov sinovlarga
Sabr so‘rab yurishingni sevaman, bas.
O Mastura, charchamagin zikr aytib,
Sendaylar bir kelar yoki kelmas qaytib.
Ro‘mollilar noyob bo‘lib ketgan payti
Ro‘mol o‘rab yurishingni sevaman, bas.
O Muslima, seni qanday ona tuqqan?
Bilmam, senga bunday iymon kimdan yuqqan?
Yerga qarab yurishingni sevaman, bas.
Ishonsang gar, termulmadim yuzingga hech,
Ko‘zim uzoq boqqan emas ko‘zingga hech.
Meni oshiq demasinlar o‘zingga hech,
Haqni yaxshi ko‘rishingni sevaman, bas.
(Desangiz, anglasin Mardum dilimni,
Yot xalq ham tushunsin mening tilimni.
Dunyoviy ilmmi, diniy ilmmi,
Yaratgan Robbingiz nomini o‘qing.
Ko‘nglingizda bormi zarracha iymon,
Iymondoshim, sizning g‘amingiz yeyman.
Yaratgan Robbingiz so‘zila deyman,
Yaratgan Robbingiz nomila o‘qing. )
O Mastura, charchamagin zikr aytib,
Sendaylar bir kelar yoki kelmas qaytib.
Ro‘mollilar noyob bo‘lib ketgan payti
Ro‘mol o‘rab yurishingni sevaman, bas.
Meni oshiq demasinlar o‘zingga hech,
Haqni yaxshi ko‘rishingni sevaman, bas.