Yagzon guruhi - Yana u
Yagzon guruhi - Yana u Текст песни
Bugun ko‘chada yana ko‘rdim uni,
Bilinib turibdi – unutibdi meni.
Bermadi e’tibor, qaramadi hatto,
Kulib turardim-u, yurak bo‘ldi ado.
Eslatib yubordi, unutayotgandim,
O‘zi zo‘rg‘a axir ko‘nikayotgandim.
Qiynalib-qiynalib yurgandimku o‘zi,
Nega yana menga tushdi uning ko‘zi?
Yana u, shundoqqina yonimda turibdiku,
Yana u, unutdim deb o‘ylagandim, unutolmabmanku. (x2)
Bilasanmi, qanchalar og‘ir sani ko‘rib qolish?
Boshidan axir u paytlari juda yosh edim,
Va yurakdan telbalarcha seni sevgandim.
Shuncha orzular uchib ketdi bir pasda,
Go‘yo begonalar bo‘lib ketdik asta-asta.
Qachonlardir axir sevardik telbalarday,
Unutibsan barini, qo‘ygandirsan eslamay.
Senga oson, menga qiyin,
Ado bo‘lmoqdaman borgan sayin.
Unutdim deb aldayabman,
Aslida unutolmayabman.
Senga qarab kulayapman,
O‘zimdan o‘tganin bilayapman.
Nega hamon sevayabman?
Shuncha azob bilan yashayabman.
Kulib qo‘yaman xuddi baxtlilarday,
Qara, yashayabman o‘z-o‘zimni alday.
Yuragimni boshqara olmayapman,
Ayt, axir qanday, qanday seni sevmay?
Yana sani ko‘chalarda ko‘rib qolganimda,
Qani, sog‘inganim senga ayta olganimda.
Ammo o‘tib ketasan, go‘yo meni ko‘rmaganday,
Xuddi hech qachon meni sevmaganday.
Yana u, shundoqqina yonimda turibdiku,
Yana u, unutdim deb o‘ylagandim, unutolmabmanku. (x2)