Leyla - So’rama holim

Leyla - So’rama holim
Leyla - So’rama holim

Leyla - So’rama holim Текст песни


Yig‘lama yetar, bir kun unutarsan meni,
Yuragim istar – qolsaydim birga,
Ammo ketarsan nega?

O‘ylayman ba’zida seni va ikkimizni,
O‘zimiz tanlagan orzu bu sevgimizni.
Esimda o‘sha, o‘sha sening ko‘zlaring,
Yoqimli ifor, o‘sha qarashlaring.

So‘rama, so‘rama, so‘rama holim,
Yuribman bir o‘zim, yo‘qdir madorim. (x2)

Aldandi sevdim deb yurak,

Ishongan ediku halak.
Bir senga zor edi yurak,
Bir seni deb yashagan yurak.

Bir senga o‘rgandi yurak,
Seni deb yashasa kerak.
Umidlarim so‘ndirma meni,
Seni sevdim, seni bir faqat.

Yondiradi mani, harorati mani,
Aqlimdan ozdirib, xayolim oladi.
O‘zimdan o‘ziga bir qadam qoladi,
Negadir yurak bir uni sevadi. (x2)

(Negadir so‘nggi payt uzoqlashar edik,
Sevgimiz cho‘g‘ kabi so‘nib borar edi.
Nima edi aybim, buni bilmas edim,
So‘ramay holimni, tark etib ketar deb.

Ketmoqdasan olis, olis dengiz tomon,
Sevgimiz ko‘milgan o‘sha o‘tmish tomon.
Eslarsan ko‘p hali, tinch qo‘y yetar mani,
Ketgan eding o‘zing, so‘rama holimni! )

So‘rama, so‘rama, so‘rama holim,
Yuribman bir o‘zim, yo‘qdir madorim. (x2)

Yig‘lama yetar, bir kun unutarsan meni…

Amira Alibekova - Najotimsan

Qalbimning amriga Bo’ysunmadi yuragim, Sultonu, begim deya Aytolmadi ko’nglim....

Botir Qodirov - Jim turing

Jim turing, shovqinlanmang, Uyqu ichida ul pari. Yurma tek tur, ey shamol, Yursangda yur bir oz nari. (x2)...

Mahmud Namozov - Opa-singil

Shunday gap bor: “qizning yo`li qildan nozik”, Iqboling ham peshonangdek bo`lsin ochiq. Nogoh senga yog`dirganda taqdir toshin, Qalqon bo`lib qaytarayin, opa-singlim. (x2)...

Zohid - Kapalak

Sog`inchlardan yurak tashna, Bu holimga nazar tashla. Dunyoni tark etmasimdan, Rahming kelib, ko`zing yoshla....

Bojalar guruhi - Umr o’tmoqda

Rangi o’chgan ko’ylagim, Titroqdadir qo’llarim, Oq oralab sochlarim O’tar bo’ldi umrim....

Sevara Nazarkhan - Orzuim

Ushalgan pok orzuim mening, Qalbingizga jim ketaman men. Siz eng yorug’ ko’zguyim mening, Sevgim sizda aks etaman men....

Yahyobek Mo'minov - Begoyimlar

“Qiz bor uyning fayzi bo`lak”, deydilar, “Jannat yo`li – qiz bor yo`lak”, deydilar. “O`ngirimda o`glim yo`q”, deb o`ksimang, “Tog` bo`lmasa, qir ham tirgak”, deydilar....

Kaniza - Shaqillama

Sovuq tushdi ko’chaga shaqillama-ey, Erkakmisan o’zi san? Likillama-ey. Xiyonatni o’zingdan boshlamagin-ey, Bir vujudda kelgansan, sodiq qolgin-ey!...

Kumush Razzoqova - Unutma meni

Sen ketarsan, jonginam, sen ketarsan, Olis yo’llar seni chorlar, chorlar zamon. Orzularing olamiga, yor, yetarsan, Men qolarman ko’zim giryon, dilda hijron....

Sarvar - Bugun bayram

Beg`ubor sevgi-muhabbatim, nurga to`ldi yuraklar, Ro`yobga chiqar albatta barcha ezgu-niyatlar. Intilib ko`kda yulduzlarga, qalblarda olov yonar, Yoshlikdan so`zlaydi bizlarga bu go`zal taronalar....

Fikr qo'shish