Abzal Husanov - Hechqisi yo’q

Abzal Husanov - Hechqisi yo’q Abzal Husanov - Hechqisi yo’q Текст песни


Bir go‘zalning ko‘chasidan o‘tsam har kun kular edi,
Yoqtirdimi-yo‘q bildirmay, boqmay bag‘rim tilar edi.
Uchrashuvga qizginani taklif qildim ko‘ksimda cho‘g‘,
Unamadi nozlar qilib, dedim, mayli hechqisi yo‘q!

Hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q, uchrashuvga chiqqisi yo‘q,
Hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q, nozlaridan kechgisi yo‘q.

Yog‘dusi bor nigohida, qo‘shziraklar qulog‘ida,

Olib bersam, lov-lov yonsa tillo uzuk barmog‘ida.
Qo‘ng‘iroqlar qilsam yo‘q-yo‘q, adashdingiz kula sho‘x-sho‘x,
Goh urushib, qilsa ham do‘q, dedim, mayli hechqisi yo‘q!

Hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q, uchrashuvga chiqqisi yo‘q,
Hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q, nozlaridan kechgisi yo‘q.

Uzun tunlar o‘yga toldim, yangasini ishga soldim,
Ammasiga, hammasiga antiqa sovg‘alar oldim.
Uchrashuv ham bo‘ldi tayin, yor so‘zlari bo‘ldi mayin,
Endi bo‘ldi sizga qiyin, desam, kuldi hechqisi yo‘q!

Hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q, mandek yordan kechgisi yo‘q,
Hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q, nozlaridan kechgisi yo‘q.

Hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q, mandek yordan kechgisi yo‘q,
Hechqisi yo‘q, hechqisi yo‘q, chimildiqdan chiqqisi yo‘q.

Ozodbek Nazarbekov - Sening darding

Agar men har qayon bo’lsam, ko’ngil sendan judo bo’lmas, Agar ming yil navo qilsam, sening darding ado bo’lmas. (x2) Tilarman vaslini tinmay, necha yillar yurib sarson, (x2) Borib ayting, o’shal yorga, judoliqdek balo bo’lmas. (x2)...

Iroda Allabergenova - Kampirlarni parisi

Lajak o'rab boshina O'sma qo'yar qoshina Lajak o'rab boshina O'sma qo'yar qoshina...

Lola - Endi yo’q

Sovuq shamollar balki olib ketar dardlarimni, Tinmas savollar qayta o’tga solar yuragimni. Sen ne uchun meni emas o’zgani tanlading? Sevgimni xo’rlading, dilimdagi sevgim anglamading....

Bojalar guruhi - Aldama

Oftob chiqdi olamga, Man bo`lsam choyxonamga. Choyxonachi, quyda choy, Yana keldi Mo’mintoy....

Yulduz Usmonova - Sanamey (2019)

Goh-gohida teksa ham tonga, O`xshatadi gulu-rayhonga. Endi ko`nglim bo`lganda bahor, Aytadi u takror va takror....

Umidaxon - Mambo

Ayni dam o’zimga o’zimman,  G’amdan ozodman,  Yolg’izman uyda mambo,  Taraladi mambo....

Tohirbek Hakimov - Malaksan

Malaksan yo bashar, yo huri g`ilmonsan, bilib bo`lmas. Bu lutfu, bu nazokat Birla sendan ayrilib bo`lmas....

Shohjahon Jo'rayev - Keraksan menga

Gumonda yonmasin aslo xayoling, Ko‘ksimdagi urgan yuraksan menga. Zarurdan ham zarur har dam visoling, Keragidan ortiq keraksan menga. (x2)...

Xushnud - Qani aytgin

Daryo ko`zlaringning tubiga sho`ng`ib, Qolib ketdim bir umrga men, Nigohlaring ila asir olding-ku sevib. Aslo meni ozod aylaging kelmas,...

Ummon - Bum-bum

Ko’zlarini suzmasin-ey,  Kipriklari bir kamon-kamon.  Haddilaridan oshmasin-ey,  Shu nozlaridan holim yomon....

Fikr qo'shish