Orolmirzo Safarov - Fursat
Orolmirzo Safarov - Fursat Текст песни
Ey sabo, holim borib, sarvi xiromonimg‘a ayt, {x2}
Yig‘larimning shiddatin gulbargi handonimg‘a ayt. {x2}
Buki oning ahdu-paymonida men o‘lsam dog‘i,
Yaxshi fursat topsang ul bad ahdu-paymonimg‘a ayt.
Buki yuz jon sadqasi qilsam, pushaymon bo‘lmag‘il,
Vaslig‘a bir va’da qilg‘ondin pushaymonimg‘a ayt.
Dahri bog‘in gullarin husni vafosiz erkanin,
Yuzi gul, jismi suman, bo‘yi gulistonimg‘a ayt.
Ey Navoiy, hech gulshaning seningdek hushnavo,
Bulbuli yo‘q erkanin sho‘xi-suhandonimg‘a ayt.
Ey sabo, holim borib, sarvi xiromonimg‘a ayt…