Yuragim bezovta uxlolmayapman uzbekcha she'r
Yuragim bezovta uxlolmayapman,
Eng yaqin kishimni yo'qlolmayapman,
O'pkam to'lib ketdi yostiq quchoqlab,
Yig'lagim kelyapti...Yig'lolmayapman...
Bo'g'zimga tiqilib ketyapti faryod,
Ko'zimga qum sochib chalg'itar hayot,
Qalbimda g'alayon, hayotim barbod,
Bechora yuragim ezilgan anjir,
Oyog'i qo'limda kishanli zanjir,
O'zimga ozgina tasalli - Sabr,
Tilagim kelyapti, tilolmayapman...
Adog'in topmadim armonim sanab,
Kimga zarar berdim, yana kimga naf
Umrimda bir marta odamga o'xshab,
Yashagim kelyapti, yasholmayapman...
Osmonga tikkancha nigohlarimni,
Yumaman g'amgusor qarog'larimni,
Shudringga cho'ktirib yanoqlarimni,
Yig'lagim kelyapti... yig'lolmayapman....
Yuragim bezovta, uxlolmayapman....