Bilasizmi... uzbekcha she'r

Bilasizmi...
Bilasizmi...


Bilasizmi...
Sizni yuragimda unsiz asrayman,
Yarimta bahtni ham baht deb atayman
Sizga zarra ozor yetmasin, deya,
Hech kimga aytolmay, tilsiz yashayman !

Bilasizmi...
Sizni muhabbatga o‘radim, qarang,
Ko‘ngil shishasini asradim, arang.
Qasamlar ichsamda bardoshligimga,
Sabrimning iplari bo‘g‘zimda tarang !

Bilasizmi...
Menga xavo yetmas, menga tong yetmas,
Boshimda tunlarning xonishi ketmas.

Sizga bahtliman, deb aytsamda ming bor,
Ming bora yolg‘onim o‘zimga yoqmas !

Bilasizmi...
Men bugun go‘yoki xammadan bahtli,
Ammo hammadan ham, alamli, dardli.
Siz borsiz rostimda va yolg‘onimda.
Bizning taqdirimiz so‘ngi gumonli !

Bilasizmi...
Sog‘inchim qasd qilar alami bordek,
Gohida toshaman siz tomon soydek.
Gohida ojizman yo‘lsiz, tentirab,
Xassasin yo‘qotgan bechora ko‘rdek !

Bilasizmi...
Dunyo bo‘linsa gar ikkiga shu dam,
Ikki pallasi ham bo‘lardi bir kam.
Biri baht, biri g‘am bo‘lsada xatto,
Mening o‘rnim yo‘qdek ikkisida ham !

Bilasizmi...
Bu azob, bu chidam, bu sabr, bardosh,
Bu bag‘rim kuydirgan begona quyosh.
Goh shodlik, goh quvonch, gohida jimlik...
Gohida yashirin to‘kilgan ko‘z yosh !!!

Allox bizni asrasin

Yahshi, yomon kunlarda, Zim-zimiston tunlarda, Xar doim va xar yerda, Allox bizni asrasin.......

Mayliga ayolni o'ramang zarga

Mayliga ayolni o'ramang zarga, Uning uchun qurmang go'zal Tojmaxal, Oltin ostonali qasrdan ko'ra, Ayolga muruvvat e'tibor afzal!......

Gul uzra ko'klamning shabnami yaxshi

Gul uzra ko'klamning shabnami yaxshi Bahorda yuz ochgan har dami yaxshi Yahshimas kechagi kundan so'z ochmoq O'ynab qol bu kuning har dami yaxshi...!...

Bardoshi oldida tog' - oddiy tuproq

Bardoshi oldida tog' - oddiy tuproq, Ular etagidan jannat bir qadam. Be ayb Parvardigor, degandek biroq, Yoq emas kichkina kamchiligi ham..!...

Ko'nglimga yashirdim ko'ngil zorini

Ko'nglimga yashirdim ko'ngil zorini, Mayliga bagringda oyday to'lmasam. Bahting uchun qildim ahir barini, Seni kechirmayman bahtli bo'lmasang...

Quloq soling do‘stlar shu safar

Quloq soling do‘stlar shu safar, Unutilsin bari dard, azob. Shukr deylik, turib tong sahar, Yaxshilikka yozilar savob......

Har kimning dilida orzusi bo'lsin

Har kimning dilida orzusi bo'lsin Qalbida uygongan tuygusi bo'lsin Tuygular sabab bahtga etaklab Dadajon onajon deydigan Farzandi bo'lsin... 👍🙏...

Senga...

Yaldoli tunlarda ertaklar aytib, Bezovta ruximni avrayman xamon. Tokay davom etar bundayin yashash, Naxot qulayapti ustimga osmon?!......

Hayot

Hayot sani kuldirganida  kulma ... Agar qurbin yetsa yig'latganida kul......

Ey Do'st Unutsang Eslatib Qo'yay...

Qadr Baht Olchanmagay So'mu Tiyinda Odamga Odamdek Yashash Qiyinda Ey Do'st Unutsang Eslatib Qo'yay Cho'ntak bolmas Ahir SO'NGI KIYIMDA....!...

Fikr qo'shish