Botir Qodirov - Do’st
Botir Qodirov - Do’st Текст песни
Do‘st asqotar bosh bukilsa kulfatlardan,
Kulfatlarni topar odam ulfatlardan. (x2)
Sen do‘st qidir, ulfatga ko‘p ishonmagin,
Saqlar O‘zi shayton odamsifatlardan. (x2)
Jonga oro kiruvchi do‘st qadriga yet,
Bir do‘st a’lo ming xazina, ziynatlardan.
Jonga orom kiruvchi do‘st qadriga yet,
Bir do‘st a’lo ming xazina, ziynatlardan.
Ostonangdan ketmay ko‘zing yog‘in yalab,
Ulfat hazar qilmas xatto tuhmatlardan.
Haqiqiy do‘st – do‘stingman deb aytmaydi hech,
Ajratib ol sen lochinni kalxatlardan.
Jonga oro kiruvchi do‘st qadriga yet,
Bir do‘st a’lo ming xazina, ziynatlardan.
Jonga orom kiruvchi do‘st qadriga yet,
Bir do‘st a’lo ming xazina, ziynatlardan.
Vafo nima qilsin qomat, suvratlarda?
Sadoqatni izla botin siyratlardan.
Ko‘kda yolg‘iz Xudo do‘sting, demak Yerdan
Do‘st tanlagin Muhammadga ummatlardan.
Jonga oro kiruvchi do‘st qadriga yet,
Bir do‘st a’lo ming xazina, ziynatlardan.
Jonga orom kiruvchi do‘st qadriga yet,
Bir do‘st a’lo ming xazina, ziynatlardan.