Yagzon guruhi va Shahboz - Yolg’on

Yagzon guruhi va Shahboz - Yolg’on
Yagzon guruhi va Shahboz - Yolg’on

Yagzon guruhi va Shahboz - Yolg’on Текст песни


Yolg‘onlaring cheki yo‘q, oxiri yo‘q,
Va’dalaring cheki yo‘q, oxiri yo‘q.
Hamma gaplari yolg‘on uning, aldayveradi,
Yurak bilsa ham buni, sevaveradi.

Endi menga quloq sol, gaplarimni sen eshit,
Shuncha aytgan yolg‘onlaring yurakni ketdi teshib.
Balki bas qilarsan a, to‘xtat yolg‘onlaringni,
Iuncha vaqt meni aldab, nahot charchamadingmi?

Senga ishonardim-u, barin bilib turardim,
Nima qilib yurishingni barin bilib yurardim.
Voz kechishga qiynalardim, chunki seni sevardim,
Balki o‘zgarar deya, o‘zgarishing kutardim.

Yana-yana, yana o‘sha yolg‘onlar,
Yana-yana, yana soxta kulgular.

Yana-yana, aldayveradi yana,
Yana-yana, men ishonaman yana.

Yana-yana, seni sevaman deydi,
Yana-yana, boshqa kerakmas deydi.
Yana-yana, yana meni aldaydi,
Yana-yana, u hecham o‘zgarmaydi.

Yolg‘onlaring cheki yo‘q, oxiri yo‘q,
Va’dalaring cheki yo‘q, oxiri yo‘q.
Hamma gaplari yolg‘on uning, aldayveradi,
Yurak bilsa ham buni, sevaveradi.

Voz kechishga qiynalaman, chunki uni sevaman,
Sevaman deydi u yonib, u sevmaydi bilaman.
Barini bilib turibman, yana yoniga boraman,
Soxtaligin bilsam ham, yana sevaveraman.

Qani edi, yuragida faqat men bo‘lganimda,
Qani edi, rostdanam meni sevganida.
Qaniydi, ko‘zlari faqat meni ko‘rsaydi,
Qaniydi, rostanam u meniki bo‘lsaydi.

Hayotimni u bilan birga o‘tkazmoqchi edim,
Hayotin baxtga to‘ldirib, baxtli qilmoqchi edim.
Ammo bular bir xayol, qolar xayolligicha,
Shundan meni azoblaydi, azoblaydi har kecha.

Yuragimda u, ammo uning yuragida men emasman,
Xayolimda u, ammo uning xayoliga hech kelmasman.
Ketishim kerak, ammo yurak nega undan kechmayapti?
Sevmay deyman-u, urinib ko‘rdim, lekin bo‘lmayapti.

Yolg‘onlaring cheki yo‘q, oxiri yo‘q,
Va’dalaring cheki yo‘q, oxiri yo‘q.
Hamma gaplari yolg‘on uning, aldayveradi,
Yurak bilsa ham buni, sevaveradi.

Iroda Dilroz - Sevishimni bilmaysan

Yorim, jonim, qalbimdagi borim, Yorim, jonim, tingla mening zorim. (x2)...

Shohruhxon - Leylam

Leylam… Seni hayolimdan uzmay, qalbim bilan sevaman, Izlayman baxona, bo’lgin deb yonimda. Gohi uyg’ongim kelmaydi, yoki uyqum kelmaydi,...

Husan - Shahzoda

Rashkim keladi derding-a, Har kuni keling derding-a, Yolg’on shirin so’zlaring Jonimga ozor berdiya....

Ummon - Sen ketaver

Sen o’ylama, sen eslama, Sen achinma, menga qayg’urma, Sen ketaver, baxtingga yetaver. (x2) Ayt, yuragim sen menga ayt,...

Shoxrux - Endi begona

Ko‘kka boqib, urgim kelar faryod har yod olganimda uni, Degim keladi dod, nega hayot barbod, nahotki umrbod? Endi o‘zga bir zot etadi shod yorni, Yaxshisi qurol bilan kelgin, yuragimga ot mani....

Nuriddin Hamroqulov - Sayrang bulbulim

Sayrang bulbulim, sayrang, Shu gulning shoxi sinsin. Yor ayrilaman, deydi, Ayrilib ko’ngli tinsin....

Shohruhxon - Quvg’in (Dam dema)

Hech kimga ma’lum emas holi-parishonim maning, Osmonni tiyra qildi ohu-afg`onim maning. (x2) Dam bu damdir, o`tgan kunni dam dema, dam dema, Dam bu damdir, yorsiz kunni dam dema, dam dema....

Bojalar guruhi - Janona

Janona… Loy, usti boshim bo’ldi voy, Otaverma buncha loy, Suvoqchini qizimisan, ay-ay-ay-ay. (x2)...

Tohir Sulton - Nigorim

Dunyo ikki tomon, bilgin, nigorim, Kim o‘ynadi, kim yig‘ladi, dildorim. Kim u tomon, kim bu tomon, sarsonam, Sen yig‘lading, men o‘ynadim, nigorim......

Ummon - Aytgin menga

Yuragim hasrati, ezadi qalbimni Bu turfa tashvishlar. Har kuni tirnaydi bag’rimni, Dardimni yangilab hech uyqu bermaydi....

Fikr qo'shish