Shohjahon Omonov - Sochi uzun qiz


Shohjahon Omonov - Sochi uzun qiz Текст песни
Qalbimning egasi, yuragim sizda,
Sochlari uzun, go‘zal bir qizda.
Oppoq orzulari sochidan uzun,
Uyaladi hatto qop-qorong‘u tun.
Xayollarim o‘ynar sochi yoyilsa,
Tabassum yuzida guldek ochilsa.
Kiprigi misli yuragim tori,
Usiz xasta yurak yurakmi,
Go‘zal qizlar menga kerakmi?
Oy jamolin ko‘rganim zamon,
Yo‘q bo‘ladi qalbimdan armon. (x2)
Ado qilar meni bir kun jamoli,
Totlidir baribir uning qiynog‘i.
Uzun sochlariga to‘kilsa yoshim,
Uning qarshisida egildi boshim.
Usiz xasta yurak yurakmi,
Go‘zal qizlar menga kerakmi?
Oy jamolin ko‘rganim zamon,
Yo‘q bo‘ladi qalbimdan armon. (x2+x2)