Jambul Muhammedov - Sog`ingandirsiza onam
Jambul Muhammedov - Sog`ingandirsiza onam Текст песни
Ko‘zim nuri, oqu-qoram,
Omonmi deb jonim bolam,
Bir-bir boqib mening xonam,
Sog‘ingandirsiz-a, onam?
Yo‘qlamayman kunda borib,
Kelma, deysiz ishdan qolib.
Sog‘inmadim, deya tonib,
Sog‘ingandirsiz-a, onam?
Beg‘uborim onam-onam,
Yo‘g‘u-borim onam-onam.
Bir-bir qarab mening xonam,
Sog‘ingandirsiz-a, onam?
Vaqtlar o‘tib ketdi hamon,
Eslolmadim kunda bir on.
Men sog‘indim, mendan yomon
Sog‘ingandirsiz-a, onam?
Daryodayin oqar vaqtlar,
Sirdosh bo‘ldi mensiz dardlar.
Dildan ketib halovatlar,
Sog‘ingandirsiz-a, onam?
Beg‘uborim onam-onam,
Yo‘g‘u-borim onam-onam.
Bir-bir qarab mening xonam,
Sog‘ingandirsiz-a, onam?
Olislardan sezar ohim,
Duolari do‘st panohim.
Poyi jannat, qiblagohim,
Sog‘ingandirsiz-a, onam?
Qo‘msadim ko‘z-qoshinggizni,
Mehr qo‘shgan oshinggizni.
Bildirmayin yoshinggizni,
Sog‘ingandirsiz-a, onam?
Beg‘uborim onam-onam-onam,
Yo‘g‘u-borim onam-onam.
Bir-bir qarab mening xonam,
Sog‘ingandirsiz-a, onam?