Yulduz Usmonova - Dunyo (2020)

Yulduz Usmonova - Dunyo (2020)
Yulduz Usmonova - Dunyo (2020)

Yulduz Usmonova - Dunyo (2020) Текст песни


Bahorman deb, bahor kulib keladi,
Yoz issig‘i jonlar yoqib keladi.
Hosilli kuz bizni xursand qiladi,
Hisob uchun izg‘irin qish keladi.

Hayot ham sevgi bilan boshlanadi-yey,
Muhabbatda to‘la qalbing yonadi.
To‘y-tomosha qilib umring o‘tadi-yey,
Qarabsanki, bir kun ajal yonda turadi.

Dunyo, ona qilib yaratmagin,
Dunyo, farzand dog‘in ko‘rsatmagin.
Dunyo – Onalarning onasisan,
Kim farzandin yomon ko‘rar?

Insofini tilab bergin.

Dunyo, kim yomon bo‘lgisi kelar?
Dunyo, kim yerda yurgisi kelar?
Dunyo orzular ham bulutlarda,
Qanotlari bo‘lmasa ham,
O‘rni bor, uchgisi kelar. Dunyo…

Bo‘lmas, zamonni qaytarib bo‘lmas,
Bo‘lmas, bukrini to‘g‘irlab bo‘lmas,
Bo‘lmas, ajalni qaytarib bo‘lmas,
Ona uchun farzand birdir, bolaning yomoni bo‘lmas.

Aytmas, inson to‘g‘rini hech aytmas,
Qaytmas, yomonlar fitnadan qaytmas,
Kechmas, mardlar maydonidan kechmas,
Har inson fe’li boshqadir, ona uchun yomon bo‘lmas.

Dunyo, ko‘zlarim nurini olma,
Dunyo, qalbim shu’urini olma.
Dunyo, faqat sen olim bu ishda,
Olsang ham mening jonimni, olma faqat iymonimni.

Dunyo, umrini ber bolalarimning,
Dunyo, ko‘paytirgin do‘stlarimni,
Dunyo, sen taniysan dushmanimni,
Yomonlik istamayman, lek unutma haqiqatingni.

Dunyo…

Zohid - Lablari g’uncha

Xayolimga kirib olding, Tik qaratib ko‘zlaring. Bir o‘zing, bitta o‘zing, Takrorlanmas go‘zalim....

Shohruhxon - Shunchaki sevgi

So`zlaring negadir mos emas bir-biriga, Buni sezgandan beri yoqmas bu ko`nglimga. Sen ochiq ayt, istaging nima, nima niyating? Bilmadim meni kim deb o`ylading, sen adashding!...

Xamdam Sobirov - Qayt

So`zlaringni eshitmabman, Sevishingni tushunmabman, Bor muhabbatim berolmabman, Meni kechir, meni kechir....

SanJay - 18000 olam

Bilib-bilmay ko`nglingni og`ritgan bo`lsam, Ayrim gaplardan ranjib, ayrilgan bo`lsak, Yonimga qayt endi, menga rahm qil, Boshqa chorasiz, bechoraman sensiz....

Dildora Niyozova - Dona-dona

Dona-dona, men bir dona,  Sizning rashkingizdan yurak bo’lur pora.  Dona-dona, so’zim dona,  Holim yo’q o’zimni oqlashga ming bora. (x2)...

Sardor Toirov - Xonim afandim

Bir so‘zda ikki gina, Qo‘lin bezatgan xina, Ey, bo‘ylari kichkina, Nozi balandim. (x2)...

Bahrom Nazarov - Farg’onada bittagina

Sen kabi qomati raso Farg`onada bittagina, {x2} Men kabi qaddingga ado Farg`onada bittagina. {x2} Sen kabi diydori tabib, nozi shifo qayda yana? {x2} Men kabi dardi bedavo Farg`onada bittagina. {x2}...

Ozodbek Nazarbekov - Barkamol avlod

Daryo toshsa, keyin dengiz to`ladida, Ko`kga boqqan ko`zlar yulduz ko`radida. (x2) Bek bolasi baribir bek bo`ladida, {x2} Vorislari ikki daryo orasini, Qaddin ko`ring O`zbekiston bolasini. (x2)...

Sardor Rahimxon - Baxting

Ne uchun qarog’ing g’amli qayg’uli, Ne uchun quvonching butunmas jonim. Tiriklik sharbati goho og’uli, Seni asragayman bordur imkonim,...

Bahriddin Zuhriddinov - Unut

Ishq mayini ichdim, sevib adashdim, O`zimdan kechdim, ey yor, nechun? Yo`llar uzun, dilim mahzun, Izing qoldim uzlab bugun....

Fikr qo'shish