Dildora Niyozova - Farzandimga
Dildora Niyozova - Farzandimga Текст песни
Yoshim yashab, umr tugar bo‘lsa agar,
Toshdek bo‘lib tuyulsa bu yostig‘u-par.
Tomog‘imdan o‘tmay qolsa tuzu-shakar,
Mehr berib boqqanlarim turarmikin?
Onam, deya menga dalda bo‘larmikin?
Jon deganim jonim uzra oro bo‘lib,
Kunduz chiroq, kechda to‘lin oydek to‘lib,
Yursam oyoq, o‘tirsam bir tirgak bo‘lib,
Mehr berib boqqanlarim turarmikin?
Ko‘z nurimni olar bo‘lsa qodir Xudo,
Mador ketib, bu tanamdan bo‘lsam ado,
Bilmay qilib qo‘ysam balki bir-bir xato,
Mehr berib boqqanlarim turarmikin?
Onam, deya menga dalda bo‘larmikin?
Nabiralar atrofimda o‘ynab-kulsa,
Gohida “hey, boy bo‘gur”, deb tanbeh bersam,
Imom, qori, domla bo‘l deb duo qilsam,
Mehr berib boqqanlarim turarmikin?
Onam, deya menga dalda bo‘larmikin?
Hammani ham qariganda qilsin aziz,
Farzandlari poylarida cho‘ksinlar tiz,
U xoh o‘g‘il bo‘lsin, xoh bir gulday qiz,
Mehr berib boqqanlari tursin doim,
Onam, debon duosini olsin doim.
Lay-la-la-lay, la-la-la-lay,
Lay-la-la-lay, la-la-la-lay,
Lay-la-lay-la-la, lay-la-lay-la-la,
Lay-la-la-la-lay. (x2)