Zohirshoh Jo'rayev - Duo qiling


Zohirshoh Jo'rayev - Duo qiling Текст песни
Duo qiling bemorlarga,
Darddan bezor bedorlarga. (x2)
Ko‘nglin oling, holin so‘rang,
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.
Jon borki – Xudo yaratgan,
Borliqni bizga qaratgan. (x2)
Unga ham mehr taratgan,
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.
Keksalar ulug‘, nuroniy,
Dillari pokdir samoviy.
Ularning bormi maloli?
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.
Kimningdir yo‘q qo‘l-oyog‘i,
Kim ojiz, zulmat nigohi.
Ularning nedir gunohi?
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.
Qarang, bu jonzot beminnat,
Biz uchun qilmoqda xizmat. (x2)
Ular ham bir tilsiz ummat,
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.
Barchasi kutar bir diydor,
Undan shirinroq ne bor? (x2)
Ularga kerak e’tibor,
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.
Ular zordir diydorlarga,
Muhtojdir e’tiborlarga.
Duo qiling, duo qiling,
Duo qiling, duo qiling
Bemorlarga,
Darddan bezor bedorlarga.