Faxriddin Umarov - Umr lahzasi
Faxriddin Umarov - Umr lahzasi Текст песни
Umrning o‘tkazgan har bir lahzasi, {x2}
Oqibat o‘z qadrin albat so‘roqlar.
Imtihon berarsan vijdon oldida,
Qilgan ishlaringdan keksaygan chog‘lar.
Imtihon berarsan vijdon oldida,
Qilgan ishlaringdan keksaygan chog‘lar.
Dilim ayt, o‘shal chog‘ istiqbolingga
Serhosil bo‘lishi uchun kuzimni,
Nimaga band etay bahorim, yozim?
Serhosil bo‘lishi uchun kuzimni,
Nimaga band etay bahorim, yozim?
Dilim der: istasang uyalmaslikni,
Vijdoning oldida keksaygan chog‘lar,
To‘g‘ri bo‘l, xalqingga sadoqatli bo‘l,
Behuda kechmasin bu yoshlik chog‘lar.
To‘g‘ri bo‘l, xalqingga sadoqatli bo‘l,
Behuda o‘tmasin bu yoshlik chog‘lar.
Mehnat qil – yetarsan ezgu niyatga,
Yashagan har oning bo‘lur mazmundor. (x2)
Vijdoning oldida qolmay uyatga,
Umringdan etarsan haqli iftixor. (x2)