Rayhon - Yolg’onmi

Rayhon - Yolg’onmi Текст песни
Bilmayman,
Negadir yuragim sensizlikka ko‘nmaydi,
Sog‘inib, ovunib xayolim hech tinch qo‘ymaydi.
Sevganing, aytganlaring shunchaki yolg‘onmi?
O‘ylayman,
Ne uchun, kim uchun o‘zgarding sen bunchalar?
Armon oralab, poralab, yuragim parchalar,
Shunchalar voz kechganing nahotki osonmi?
Yolg‘onmi, yolg‘onmi, sening sevging yolg‘onmi?
Mensiz yashash osonmi? Men bo‘lganim yomonmi?
Yomonmi, yomonmi? (x2)
Bormayman,
Bilaman seni hech bundan ko‘ngling to‘lmaydi.
Yonaman, so‘naman, ammo sabrim yetmaydi,
Kelmading, qaytolmading. Sevganing yolg‘onmi?
O‘ylayman,
Ne uchun, kim uchun o‘zgarding sen bunchalar?
Armon oralab, poralab, yuragim parchalar,
Shunchalar voz kechganing nahotki osonmi?
Yolg‘onmi, yolg‘onmi, sening sevging yolg‘onmi?
Arzonmi, arzonmi, ayt shunchalar arzonmi?
Mensiz yashash osonmi? Men bo‘lganim yomonmi?
Yomonmi, yomonmi? (x2)