Aziz Nur - Gullolajon

Aziz Nur - Gullolajon
Aziz Nur - Gullolajon

Aziz Nur - Gullolajon Текст песни


Gullolajon, bunchalar noz qilding-a,
Jon-jonimga azobni soz qilding-a,
Shu bolaga tegmayman, deb rad etib,
Sovchilarga ko‘p e’tiroz qilding-a.

Boshim qotdi, nahotki yoqmadim man?
Ko‘zlaringga qaxrli boqmadim man.
Ey bevafo, ishqingda kecha-kunduz
Yuragimni olovda dog‘ladim man.

Yo‘q-yo‘q dema, kech endi, gullolajon,
Yurak ko‘nmas hech endi, gullolajon. (x2)

Rozi bo‘lib, xo‘p demasang agarda,
Holim yomon, bo‘lamanku chalajon.

Azob berib, mayli dilim yanchigin,
Yuragimga nayzalaring sanchigin. (x2)
Imkon bergin sevgim izhor qilishga,
Bo‘lma so‘zim, birozgina tinchigin. (x2)

Yo‘q-yo‘q dema, kech endi, gullolajon,
Yurak ko‘nmas hech endi, gullolajon. (x2)
Rozi bo‘lib, xo‘p demasang agarda,
Holim yomon, bo‘lamanku chalajon.

Gulyuzginam, qilma asabim tarang,
Nozlaringga sabrim yetmoqda arang. (x2)
Na kulishga, na bir ishga hushim yo‘q,
Ne qilishimni bilmay boshim garang. (x2)

Yo‘q dema, kech endi, gullolajon,
Yurak ko‘nmas hech endi, gullolajon. (x2)
Rozi bo‘lib, xo‘p demasang agarda,
Holim yomon, bo‘lamanku chalajon. (x2)

Yulduz Usmonova - Senga (2012)

Bu ko`zlarim ko`r bo`lmasmi, Bu tilim ham kuymasmi, Qalbim kuyib kul bo`lmasmi Seni bilmasam? (x2)...

Shohruz - Yuribman

Hey, yuribmanda o’zimcha baxtli bo’lib, Gohida yig’lab, gohi kulib. Yuribman-ku o’zimcha baxtga to’lib, Bevafolar makridan nari bo’lib. (x2)...

Sardor Rahimxon - Yomg’ir

Yodingdami, malikam, O’shal go’zal ko’klam? Ko’ngillar to’lib nurga, Bizlar edik birga....

Yulduz Usmonova - Bahor bo’ladi

O‘tadi-ketadi bu kechayu-kunduzlar, Biz kulib yashasak-yashamasak. Keladi-ketadi yana fasli bahor-kuzlar, Biz uni kutsakda-kutmasakda....

Zohirshoh Jo'rayev - Yig’layverma

Yig`layverma, yoshing art, Qiynab ezar dard, hasrat. (x2) Baxtingni o`ylab albat, Bir kuni otang kelar, Bir kuni onang kelar. (x2)...

Tamila - Layli

Lol yor mening ko’zlarim Sizni har ko’rganda, Muhabbatingizga Men izhor bo’lay....

Dildora Niyozova - Mehrim kammidi

Eslasam, qalbim og‘rinar, Yurak talpinar sen tomon, sen tomon. Ko‘zlarim ham sog‘inar, U qachon talpinar men tomon, men tomon?...

Samandar Hamroqulov - Sevgi fazosi

Muhabbat yaprog’in uzganing rostmi? Chechak ochilsin deb kutganing rostmi? Sevgi gulshanida bir lola bo’lib, Bulbulning mehrini tutganing rostmi?...

Oybek va Nigora - Nahori nashta

Erta bilan turaman, Nahori nashta-yey, nahori nashta. (x2) O`ng qo`limda ignayu, Tizzamda kashta-yo, tizzamda kashta. (x2)...

Shohruhxon - Shunchaki sevgi

So`zlaring negadir mos emas bir-biriga, Buni sezgandan beri yoqmas bu ko`nglimga. Sen ochiq ayt, istaging nima, nima niyating? Bilmadim meni kim deb o`ylading, sen adashding!...

Fikr qo'shish